Uzbek.life portalining bu galgi suhbatdoşi AQŞda qariyb 24 yildan buyon istiqomat qilayotgan özbekistonlik tadbirkor, “My IT education” kompaniyasi rahbari Jon Toşmatov böldi.
Muvaffaqiyat ortidagi qiyinçiliklar
Men Farğona viloyatida tuğilib ösganman. Örta maktabni tugatgaç, Farğona politexnika institutida tahsil oldim. Bolalikda kosmonavt böliş orzuim bölgan. Lekin keyinçalik, AQŞga borganimda xonadoş döstim sabab aynan IT sohasiga qiziqib qolganman.
Endi öylab qarasam, 24 yil avval Qöşma Ştatlarga borib aeroportidan tuşişim bilan ilk mustaqil hayot va qiyinçiliklar boşlangan ekan. Amerika deganda köpçilikning xayolida öz şaxsiy maşinasiga ega böliş, uy sotib oliş yoki muvaffaqiyatli karera qiliş keladi. Lekin hamma joyning öz qonun-qoidalari bor. Öz örningizni topib ketguningizça sizda turli qiyinçiliklar böladi. AQŞga ilk borgan kunimda menda yangi atmosfera va ijtimoiy muhitga könikiş, iş, öqiş va pul bilan boğliq muammolar boşlangan. Birinçi anglagan narsam, mening ingliz tilini biliş darajam ança kamlik qilarkan. Meni maqsadim ilm oliş bölgani bois, keçqurunlari ham qöşimça işlardim. Restoranda idiş yuvgan, fermada tinimsiz işlagan va ertalabgaça haydovçilik qilgan kunlarimda öqişni taşlayman degan vaqtlarim bölgan. Biroq maqsadga erişiş, holatimni özgartiriş va özimning yaxşi kasbimni topişga bölgan intiliş menga qiyinçiliklarni yengib ötişda eng kuçli motivatsiya bergan. Men uçun oğir mehnatni aqliy mehnatga aylantiriş juda muhim bölgan.
Amaliyot nazariyadan muhim
Ta'lim jarayonini kuzatarkanman, köpinça nazariyaga e'tibor berilişi bilangina yaxşi kadrlar yetişib çiqmaydi. Meni fikrimça, har qanday kasbni egallaşda amaliyot juda muhim. Masalan, IT sohasini oladigan bölsak siz Java, C++, Frontend kabi dasturlaş tillarini nazariy jihatdan yaxşi bilsangiz-u, lekin amaliyotda sinab körmagan bölsangiz yaxşi mutaxassis bölolmaysiz. Tajriba va haqiqiy iş muhiti aslida insonni yaxşi mutaxassis sifatida şakllantiradi. Şu boisdan men ta'lim jarayonida 40 % nazariya va 60 % amaliyot deb hisoblayman.













