3 noyabr kuni «Özkomnazorat» tomonidan Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlar ma'lum muddat davomida bloklandi. Bunga qadar esa iyul oyida TikTok, Twitter, Skype, «VKontakte»ning Özbekistondagi faoliyati çeklangandi.

Bu harakatlar «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunning 27-1-moddasi doirasida Facebook, Google, Telegram va boşqa servislar Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma'lumotlarini jisman Özbekiston hududida saqlaş şartlarini bajarmagani uçun amalga oşirilgan.

Ommabop ijtimoiy tarmoqlarning Özbekiston hududida çeklab qöyilişi bir qança salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Birinçidan, ötgan davr mobaynida va'da qilingan islohotlar uçun jamoatçilik işonçiga juda katta putur yetadi. Yöqotilgan işonçni qaytib tiklaş esa oson bölmasligi aniq. Davlatga nisbatan xalqning işonçi yuqori bölsagina, barqaror siyosiy tizim va iqtisodiy taraqqiyot haqida gapiriş mumkin.

Ikkinçidan, Özbekiston hukumati bloklayotgan tarmoqlarga muqobil (alternativ) variant taklif qila olmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarni qaysidir ma'noda fikr va ğoyalar makoni deyiş mumkin. Sifatli va tekin axborot qabul qiliş imkoniyati mavjud böla turib, texnologik jihatdan taraqqiy etmagan mamlakatda internetni «bolqonlaştiriş» siyosati esa mantiqsizlikdir.

Uçinçidan, Telegram yoki YouTube’dan foydalaniş çeklab qöyildi ham deylik. Odamlar ma'lumot qabul qilişga bölgan ehtiyojini har qanday tösiqni aylanib ötadigan VPNʼdan foydalaniş orqali qondira boşlaydi. Ommaviy ravişda bunga ötilsa, davlat nazorat qiliş imkoniyatini (turli terroristik, pornografik, qimor öyinlarini yoki zöravonlik va konstitutsiyaviy tuzumga qarşi turli harakatlarga tarğib qiluvçi saytlarni) boy beradi.

Törtinçidan, respublika böylab köplab kompaniya va işlab çiqariş sub'yektlari potensial mijozlarini ijtimoiy tarmoqlarga reklama joylaştiriş orqali topmoqda. Sönggi yillarda onlayn xizmatlar soni keskin oşdi. Çeklovlar kiritilişi esa ularning moliyaviy holatiga jiddiy zarba beradi va tadbirkorlik muhiti rivojlanişiga tösiq böla boşlaydi.

Davlat budjetini şakllantiruvçi asosiy omillardan biri tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tölanadigan soliqlar hisoblanadi. Şunday ekan, bunda davlatning özi ham sezilarli tarzda zarar köradi. NetBlocks xalqaro nodavlat taşkiloti hisob-kitobiga köra