Avstraliyada Alauda Racing startapi uçar elektromobillar Airspeeder’da dunyodagi birinçi bunday turdagi poygani ötkazdi. Poygada ikkita elektromobil iştirok etgan va ular masofadan boşqarilgan.

MK3 Speeder Airspeeder elektromobili 4 metr uzunlikka va 130 kg oğirlikka ega bölib, 250 km/soat tezlik bilan uça oladi. Uning elektr dvigatellari litiy-polimer batareyalardan işlab, ular töliq quvvatlanganda 15 daqiqa parvozga yetadi.

Elektromobilning kabinasida boşqaruvçi uçun joy közda tutilgan bölib, poyga vaqtida qurilma masofadan boşqarilgan. Kabinada yerdagi boşqaruvçi bilan boğlangan robot bölgan va u boşqaruvçining barça harakatlarini qaytarib turgan. Kompaniya kelgusida poygalarni odam iştirokida ötkazişni rejalaştirmoqda.

Alauda Airspeeder Mk3 havoda töqnaşuvlardan qoçiş uçun LiDAR datçiklari va radiolokatsion tizim bilan jihozlangan.

Avvalroq qurilma Janubiy Avstraliya çölida sinovdan ötkazilgan. U “Formula-1” kabi poygalarga tayyorlanmoqda. Har bir poygada 10 tagaça elektromobil iştirok etişi möljallanmoqda.