Oqilona boşqaruv siyosati, texnologik işlab çiqariş rejimiga qat'iy amal qiliş, pirovardida közlangan natijaga erişiş. Bu omillar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mujassam. Ötgan 10 oyda barça işlab çiqariş başorat körsatkiçlarini oşiği bilan bajargan kombinat mehnat jamoasi tomonidan mahsulotlar eksporti borasida ham salmoqli natijalar qayd etilmoqda.
OKMK tomonidan 2021 yil yanvar-oktabr holatiga köra, 77 ming tonnadan ziyod mis mahsulotlari eksport qilinib, reja 111 foizga uddalangan.

Şuningdek, 66289 tonna mis katodi (reja 106,2 foiz), 6291 tonna mis katankasi (reja 165,6 foiz), 4482 tonna mis quvur (reja 169,1 foiz)lari, 11453 tonna mis kuporosi (reja 218,1 foiz) importyorlarga jönatilgan.
Rux mahsulotlari eksporti rejasi ham oşiği bilan 118,7 foizga uddalanib, jami bölib 54001 tonna mahsulot xorijga yuborilgan.
Sulfat kislotasi eksporti ham 477,3 foizga bajarildi.


Molibden eksportida ham natija quvonarli. Uşbu mahsulotdan 703 tonna xaridorlarga yetkazib berilgan holda reja 146,5 foizga uddalangan.
Şuningdek, reniy (reja 296,1 foiz), kadmiy (reja 122,9 foiz), volfram (reja 211,6 foiz), palladiy kukuni (reja 639,9 foiz), selen (reja 232 foiz), tellur (reja 148,3 foiz) kabi mahsulotlar eksportida ham belgilangan natijaga erişilgan.
Ötgan 10 oyda 56 815 tonna qörğoşin konsentrati importyorlarga yuborilgan.

Xorijlik hamkorlarga ötgan 10 oyda 8 839 tonna oq portlandsement eksport qilinib, 117,5 foizlik ösiş sur'ati kuzatilgan. 102 852 tonna kulrang sement xorijga yuborildi.
Hozirgi kunda kombinat mahsulotlari eksport geografiyasi Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozoğiston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirğiziston, Ukraina, Polşa, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afğoniston kabi davlatlarni qamrab olgan. Misr va Germaniya davlatlariga ham mis quvurlarini eksport qiliş böyiça örganiş işlari olib borilmoqda.

2021 yilning 10 oyida kombinat tomonidan 923,9 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinganini alohida ta'kidlaş joiz. Reja 135,2 foizga bajarilib, 140,9 foizlik ösiş sur'atiga erişilgan. Yana bir e'tiborli jihati, kombinat eksport borasida tarixiy rekord natijaga yaqinlaşmoqda. 2021 yilning 11 oyi yakunlariga köra, kombinat tomonidan 1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oşirilişi kutilmoqda. Bu kombinat tarixida rekord natijasi hisoblanadi.
OKMK Axborot xizmati











