«Biz içki va taşqi omillarni, şuningdek, hamkasblarimiz, şeriklarimiz va mijozlarimiz uçun oqibatlarni diqqat bilan örganib çiqdik. Rossiyaning Ukrainaga hujumi fojiali oqibatlari davom etişi fonida Rossiya va Belarusdagi operatsiyalarimizni töxtatişga qaror qildik»,— deya kompaniya bayonotidan iqtibos keltirgan Business Wire.

Western Union nizo diplomatik va tinç yöl bilan hal qilinişiga umid bildirgan.

Avvalroq MasterCard va Visa Rossiyadagi faoliyatini töxtatganini ma’lum qilgandi.