“Tört nafar öğlim bor edi, tönğiçim Samirbek bu yil 33 yoşga tölgandi. Ramazon oyida 26 aprel – duşanba kuni ertalab biz bilan xayrlaşib, işiga jönab ketgandi. Soat 10:00 va 11:00 oraliğida öğlim Sarvarbek qönğiroq qilib Toşkent şahar IIBB röparasidagi klinikaga yetib keling dedi. Sababini aytmadi, ammo ovozidan nimadandir qattiq hayajonda ekanini sezdim. Öşa paytda köçada iş bilan yurgandim, zudlik bilan aytilgan joyga yetib bordim.

Borib ne köz bilan körayki, uydan soppa-soğ holatda çiqib ketgan Samirbek joni uzilgan holatda yotardi. Bu biz uçun juda oğir musibat böldi. Öşa kuni jasadini topşirişdi. Olib kelib dafn etdik. Öğlimni Alloh rahmat qilsin.

Marhum Samir Rahmonov / Foto: Kun.uz

Samirbekdan 4 nafar norasida farzand yetim qoldi. Eng kattasi 13 yaşar, keyingisi 11 yaşar, egizaklar Fotima va Husayn kuni keça 9 oylik bölişdi. Ma'raka-marosimlarini ötkazdik. Öşa paytda boşqa narsa haqida öylaydigan ahvolda emasdik. Boş prokuratura boquvçisini yöqotgan nevaralarimning kelajagini öylab qonunlarda belgilangan nafaqalarni tölasa kerak deb kutdim, biroq bu böyiça heç qanday taşabbus bölmadi. Faqat oxirgi oyligini keltirib berişdi, Boş prokuratura va kasaba uyuşmasidan 5-6 mln söm miqdorida yordam qilişdi, albatta. Ammo bu Mehnat kodeksida yoki prokuratura töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasidagi yordam va nafaqalar emasdi”, deya A'zamjon Rahmonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Marhumning otasi öğlining voyaga yetmagan farzandlari boquvçisiz qolgani sababli qonun hujjatlarida belgilangan tovon puli berilişini sörab dastavval boş prokuror nomiga xat bilan murojaat qilganini, biroq iltimosi böyiça rad javobini olganini ta'kidlaydi. Söngra sudga da'vo arizasi kiritadi.

A'zam Rahmonov / Foto: Kun.uz

“Boş prokuraturaning javobidan keyin ançagaça öylab yurdim. Çunki uşbu idoraga sudlarning “tişi” ötmasligini bilardim, lekin şunday bölsa ham 4 nafar norasida bolaning haqi uçun ularga qonuniy nafaqalar tölab berilişini sörab fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudiga murojaat etişga qaror qildim.

Sudning qarori “kutganimdek” böldi. Ya'ni da'vom rad qilindi. Bu javobgar tomon – Boş prokuraturaning, balki tazyiği ostida yuz bergan bölişi mumkin. Şundan söng fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudiga FIB Mirobod tumanlararo sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya berişga majbur böldim. 12 noyabr kuni soat 14:00 şikoyatim apellyatsiya tartibida körib çiqildi. Lekin hanuzgaça Boş prokuratura aloqaga çiqib, sudgaça bu masalaga yeçim topiş böyiça jiddiy harakatlar bölgani yöq”