Özbekistonning qator hududlarida 4 noyabrdan beri çang-ğuborli anomal ob-havo şaroiti saqlanib qolmoqda. “Özgidromet” Toşkent havosidagi çang miqdori ba'zi vaqtlarda me'yordan 30 barobargaça ortganini ma'lum qilgandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi aholiga bunday çangli havoda niqob taqiş, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga taşqariga çiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
Xöş, çangli ob-havo aholiga qanday ta'sir qildi? Biz Toşkentda turli yoşdagi aholi vakillariga şunday savol bilan yuzlandik.
“Kun sörovi”da iştirok etganlarning deyarli barçasi bu havoda nafas olişga qiynalganini bildirdi. Yoşi katta, allergik va astma kasalligi borlar nafas oliş qiyinlaşganini aytişdi.
Eslatib ötamiz, ğuborli havo qaçon töla çekinişi borasida sinoptiklar prognozlari hozirça yöq. Dam oliş kunlari havo harorati ilişi kutilmoqda.












