«Özgidromet»ning ma'lum qilişiça, şu kuni soat 11:00 da ötkazilgan monitoring natijalari poytaxtda çang bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 3,3 baravar ortiqligini körsatgan.
Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma'ruzalar kanali ham Toşkent şahri havosida öta mayda dispers çang zarraçalari ança kamaya boşlaganini qayd etgan. Unda aytilişiça, soat 15:00 da havo tarkibida RM 2,5 mayda dispers zarraçalar ruxsat etilgan me'yordan 2 barobor köp bölgan. Bu xavfli daraja, lekin keçagi va oldingi kunlardagi kabi öta xavfli emas.
«Toşkent şahrida ayni antitsiklon kuzatilayotgan davrda mahalliy toğ-vodiy sirkulyatsiyasini hosil qilgan bilinar-bilinmas şaboda faktori poytaxt havosidagi zarraçalar harakatida muhim rol öynaydi.
Toğ-vodiy şamoli sabab, şahar havosi keçasi çang zarraçalaridan biroz holi bölgan bölişi mumkin. Çunki, toğdan esgan kuçsiz şamol omili poytaxt havosidagi zarraçalarni şaharning janubiy-ğarbiy tekislik hududlariga tomon "haydaydi". Afsuski, kunduz kuni öşa tekislikdan toğga esgan toğ vodiy şamoli yana zarraçalarni poytaxt osmoniga olib keladi. Çang zarraçalarining yerga bosilişi hisobiga, havoda zararli çang moddasi oldingi kunlarga qaraganda ança kamaymoqda», deyiladi xabarda.













