Aqtau şahridagi «Şerkala» majmuasida joylaşgan ikki qavatli «Ayanat» qahvaxonasidagi kuçli portlaş lahzalarini köçadagi videokameralar qayd etgan. 

Voqea guvohlarining ijtimoiy tarmoqlarda yozişiça, hodisa «Sak bazar» bozoriga yondoş binolardan birida röy bergan. Portlaş natijasida qahvaxona binosi töliq vayron bölgan.

Foto: Facebook /Azamat Sarsenbayev

«Dastlabki xulosalarga köra, voqeaga tabiiy gaz va havo aralaşmasining portlaşi sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Çunki portlaş joyidan ikkita gaz balloni topilgan. Qahvaxona egasining aytişiça, bino vayronalari ostida har biri 50 litr siğimga ega yana ikkita gaz balloni bölişi kerak», — degan Mağistau oblasti favqulodda vaziyatlar departamenti boşliği örinbosari Bekbölat Abdiqadirov.

«Portlaş oqibatida şifoxonaga heç kim murojaat qilmagan», — deyiladi mahalliy hokimiyatning bayonotida.

Foto: Facebook /Azamat Sarsenbayev

Yakşanba kuni tunda ertalabgaça favqulodda hodisa yuz bergan joyda önlab qutqaruvçilar va maxsus texnika işlagan. 

Foto: Facebook /Azamat Sarsenbayev