2023 yil 10 aprel kuni Golden House kompaniyasining Depo Mall savdo markazida tijoriy binolar böyiça sotuvlarning ikkinçi navbati oçildi.

Golden House kompaniyasi poytaxtimizning aholisi gavjum Uçtepa tumanida joylaşgan Depo Mall-2 savdo-köngiloçar markazidagi tijoriy binolar böyiça sotuvlar boşlanganini e’lon qiladi. Bu zamonaviy savdo-sotiq formatidagi çakana biznes rivoji nuqtayi nazaridan eng istiqbolli joylardan biri hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Depo Mall majmuasi 2021 yil oxirida oçilgan. Qisqa vaqt içidagi faoliyati davomida savdo markazi mahalliy aholi hamda poytaxtimiz mehmonlari orasida maşhurlikka erişdi. Loyiha afsonaviy tramvay deposining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan, şu bilan birga içki makon zamonaviy riteylingga xos barça talablarni inobatga olgan holda loyihalangan va amalga oşirilgan.

Bu qulay şaroitlar va yaxşi öylangan logistika tizimiga ega yangi konseptual savdo-köngiloçar majmua bölib, özida zamonaviy savdo markazining barça afzalliklarini jamlagan. Hududda katta turargoh, keng jamoat maydonlari, turli-tuman dökonlar, qahvaxona, öyin-kulgi markazlari mavjud.

Oilaviy hordiq çiqariş uçun bu yerda zamonaviy kinoteatr hamda köplab labirintlar, batutlar va attraksionlarga ega Luna Park bolalar köngiloçar markazi xizmatlari mavjud bölişi nazarda tutilgan.

Savdo markazi zamonaviy muhandislik tizimlari, jumladan, markaziy ventilyatsiya va konditsioner tizimi bilan jihozlangan. Bu yer yozda xuşhavo va qişda issiq, bu esa taşrif buyuruvçilarga böş vaqtlarini öz oilalari bilan qulay va şinam muhitda ötkaziş imkonini beradi.

Tez orada bu yerda Özbekistondagi yirik savdo tarmoqlaridan biri – «Magnum» gipermarketi oçiladi. U deyarli 4 000 m2 maydonni egallaydi.

U tuman aholisini öziga jalb qilişga qodir yana bir muhim markazga aylanadi. «Magnum» gipermarketlar tarmoği yuqori sifatli xizmat, keng assortiment, yangi va sifatli mahsulotlar, arzon narxlar, şuningdek, moslaşuvçan çegirmalar tizimi orqali tanilgan.

Asosiy e’tibor xavfsizlik masalalariga qaratilgan. Bu yerda nafaqat zamonaviy videokuzatuv tizimi örnatilgan, balki professional qöriqlaş xizmati majmuasi ham xizmat körsatadi.