Içkarida haqiqiy hayvon göştidan olingan kiçik bölaklardan mol, parranda va dengiz mahsulotlarining yirik göşt bölaklarini yetiştira oladigan qurilma mavjud.

Bunda heç bir tirik mavjudot ozor çekmaydi. “Probirkada yetiştirilgan göşt” ta’mi va ozuqaviy xususiyatlariga köra tabiiy mahsulotlardan qolişmaydi. Kompaniya vakillari işlab çiqariş hajmini istagan odam oddiy dökonlardan ham sun’iy göşt xarid qiliş imkoniyatiga böladigan darajaga olib çiqişmoqçi.

Upside Foods’ning sun’iy göştidan tayyorlangan burger

Sun’iy göşt yetiştiriş böyiça ilk zavod

Food Business News naşri ma’lumotlariga köra, sun’iy göşt yetiştiruvçi zavod Kaliforniyaning Emerivill şahrida oçilgan. Bu kiçik aholi yaşaş punkti bölib, u yerda 2010 yilgi hisob-kitoblar böyiça qariyb 10 ming kişi yaşaydi. Zavod Engineering, Production, and Innovation Center (EPIC) deb nomlanadi. U mahalliy aholini köplab işçi örinlari bila ta’minlay olmaydi. Kompaniya töliq quvvatda işlaganida ham unga bor-yöği 50 nafar xodim kerak böladi, xolos. Ular göşt işlab çiqariş, qurilmani texnik qöllab-quvvatlaş, şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini sinçkovlik bilan tekşiriş bilan şuğullanadi. Sifatni ta’minlaş xizmati işçilari uçun ofis xonalari ajratilgan.

Upside Foods zavodi xodimi qurilmalarni közdan keçirmoqda

Sun’iy göşt qanday işlab çiqariladi?

Zavod içkarisida Upside Foods buyurtmasiga köra maxsus işlangan qurilma örnatilgan. Gap jonivorlardan olingan hujayralar ozuqaviy muhitda köpayadigan bioreaktorlar haqida ketmoqda. Biroq hujayralar nafaqat miqdor jihatidan köpayişi, balki ularni göştning ma’lum bir tuzilişiga köra yiğilişi ham kerak. Kompaniya bunga qanday yöl bilan erişayotgani noma’lum.