Singapur hukumati dunyoda birinçi bölib laboratoriya şaroitida işlab çiqilgan sun'iy göştni sotişga ruxsat berdi. Sun'iy göşt sotiş bilan AQŞ kompaniyasi şuğullanadi.  

“Kelib tuşgan takliflar va ularning xavfsizligini baholab, AQŞning Eat Just kompaniyasiga sun'iy tovuq göştini sotişga ruxsat berişga qaror qilindi”, deb aytilgan Singapurning Oziq-ovqat agentligida.

Agentlik rahbari Tan Li Kimning ta'kidlaşiça, sun'iy göştning xavfsizligi baholanişi davom ettiriladi, mutaxassislar bilan maslahatlaşuvlar ötkaziladi hamda yangi mahsulotlar bozorda paydo bölganda kuzatib boriladi. 

Eat Just vakillarining ma'lum qilişiça, laboratoriya şaroitlarida olingan göşt mikroblarni saqlaş borasida tabiiy göştga nisbatan ança toza hisoblanadi. 

“Tahlillar, şuningdek, bunday göştlarda oqsil, turli aminokislotalar, foydali yoğ va minerallar köpligini körsatdi”, deb ta'kidlab ötilgan kompaniyada.

Singapurda sotuvga çiqariladigan birinçi sun'iy göşt mahsuloti naggetslar böladi.