2021 yil 15 avgustdan boşlab Özbekistonda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalarni uy-joy bilan ta'minlaş tartibi örnatildi. Kun.uz avvalroq şu mavzuda körsatuv e'lon qilgan edi.

Lavhadan söng bizga Farğona viloyati Marğilon şahar 1-sonli mehribonlik uyini bitirgan Azizbek Topvoldiyevga uy berilmayotgani, unga yotoqxonadan xona ajratilgani haqida ma'lumot kelib tuşdi.

Kun.uz Azizbek Topvoldiyev bilan suhbatda böldi.

“Sen bir özingsan, yotoqxonadan olib turaver, heç kiming yöq”

— Meni mehribonlik uyiga kiçkinaligimda taşlab ketişgan, özim ham ota-onam kimligini bilmayman. Keyinçalik katta bölganimda meni bir inspektor ayol dehqon bozoridan topib olganini bildim. U meni mehribonlik uyiga taşlab ketgan. 3 yil ötib, ota-onam topilmagaç, familiyamni Topvoldiyev deb qöyişgan. 20 yilça mehribonlik uyida yaşadim, 9-sinfni bitirganimdan keyin kollejga olib borişdi va men kollej yotoqxonasida vaqtinça turdim. Uni bitirganimdan keyin kollejdagi yotoqxonadan çiqib ketib uyga harakat qildim. Lekin menga yotoqxonadan joy berişdi. Yotoqxona berilmasligi kerak deb, u yerdan çiqib ketdim. Qiynalib qolganimdan keyin, noiloj yotoqxonada yaşaşga majbur böldim.

Qölimda uy berilsin degan qaror bor, bolalar uyidan çiqqanim va bolalar uyiga taşlab ketilganim haqidagi dalolatnoma bor. Özim köp harakat qildim, uy berilsa kerak deb. Prokuraturaga borsam, ular ham, öylaşimça, heç kimi yöq, u yerdan bu yerga sarson qilib yuraveramiz, oxiri özi zerikib qoladi deb öylaşgan. Nihoyat şunday ham böldi, baribir uy qilib berişmaydi deb yotoqxonada qolib ketdim.

Hokimiyatdagilar ham uy qilib beramiz deyişgan, lekin uy emas yotoqxonadan joy berişdi. Bir-ikki oy içida yangi qurilayotgan uylar bor, şulardan beramiz deyişgandi. Mayli deb, sabr qilib işlab yurdim. Keyin kelib yana söraganimda yotoqxonadan xona berişlarini aytişdi. Hokimiyatdan foyda bölmagaç, qabuliga ham kirmay qöyganman. Qabulga yozilib, hokimiyatga suhbatga kelganimda: “Sen bir özingsan, yotoqxonadan olib turaver, heç kiming yöq”, deb javob berişgan.