Bugun, 20 oktabr kuni Oliy Majlis Cenatining XX yalpi majlisi bölib ötdi. Unda boş vazir örinbosari Behzod Musayev yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalarni qöllab-quvvatlaş hamda nogironligi bölgan bolalarga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxşilaş yuzasidan axborot berdi.

Musayevning ma'lum qilişiça, bugungi kunda respublika böyiça 16ta mehribonlik uylarida 1119 nafar, 4 bolalar şaharçalarida 101 nafar, 3 ta SOS bolalar mahallalarida 205 nafar – jami 1425 nafar bola tarbiyalanyapti. Avgust oyida ular 1990 nafarni taşkil etgan bölsa, hozir 583 nafar bola oilaviy bolalar uylari yoki oilalar tomonidan asrab olingan.

Musayevga köra, 2021 yilga qadar uy-joy ajratilişi lozim bölgan yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalarga hokimlik tomonidan berilgan uylar örganilganda sanitariya me'yorlariga javob bermasligi aniqlandi. Bu bolalar vaqtinça boşqa joyga ijaraga köçirilişi va ularning ijara puli mahalliy budjet hisobidan tölab berilişi çoralari köriladi.

Boş vazir örinbosari yetim bolalar uçun ajratiladigan uy-joy masalasida hokimliklarga murojaat qildi.

“Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalarni uy-joy bilan ta'minlaş masalasi 1 dekabrga qadar töliq yakunlanişi şart. Bu haqda davlat rahbariga hamda Senatga alohida ma'lumot kiritiladi.

Hozirgaça joriy yilda uy bilan ta'minlanişi kerak bölgan 757 nafar yetim bolalarning 197 nafariga uy berildi. Qolgan 560 nafarini ham uy-joy bilan ta'minlaşni dekabr oyi yakuniga qadar tugatişimiz kerak.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarining oilalar tarbiyasiga berilişi köpaydi. Bu bolalarning tarbiyasi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi kelgusida yaxşi ta'minlanişini nazarda tutgan holda kelgusi yildan boşlab oilaviy mehribonlik uylarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tartibini işlab çiqamiz. Ham oilaga beriş tartibi, ham qöllab-quvvatlaş tartibi komissiya muhokamasiga kiritiladi”, dedi u.

Joriy yilda 110 nafar yetim bolalar davlat granti asosida öqişga qabul qilingan. Boş vazir örinbosarining ta'kidlaşiça, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalar vasiylikka, oilaviy bolalar uylariga berilganda yoki oilalar tomonidan asrab olingan taqdirda ham ular uçun joriy etilgan OTM uçun imtiyoz beriladi. Kelgusida ham kvotalar oşiriladi.