NASA ma'muri Bill Nelson buni Jyeff Bezos tomonidan Blue Origin da'vosi tufayli Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Oyga qöniş modulini işlab çiqiş böyiça şartnomaga vaqt yöqotilgani bilan boğladi, deya yozmoqda CNBC.
Bundan taşqari, parvoz muddati özgartirilişiga texnik murakkabliklar ham ta'sir ötkazdi. 2017 yilda sobiq prezident Donald Tramp administratsiyasi 2024 yilni astronavtlarning Oyga qönişi sanasi deb belgilagan edi. Bungaça mazkur jarayon 2028 yilga rejalaştirilayotgandi.
Blue Origin kompaniyasi NASA’ning Oyga yangi missiyasi uçun qöniş modulini loyihalaş böyiça SpaceX’ning tanlanişiga qarşi çiqişga harakat qildi. Jyeff Bezos kompaniyasi ham Dynetics mudofaa pudratçisi sifatida bu vazifani bajarişga da'vogar edi.
Har ikki kompaniya bu qaror böyiça AQŞ Hisob palatasida e'tiroz bildirgan. Biroq palata şikoyatlarni rad etgan. Şundan keyin Blue Origin sudga murojaat qilgandi.












