Ijtimoiy tarmoqlarda kunlar sovigaç Samarqand viloyatining qator tumanlarida çiroq öçayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar böyiça «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ munosabat bildirdi.
Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining qator tumanlarida elektr energiya ta'minotida uzilişlar kuzatilayotgani haqida murojaatlar köpaydi. «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning ma'lum qilişiça, elektr ta'minotidagi uzilişlarga «Milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli dispetçerlik xizmati magistral tarmoqlarni öçirişi sabab bölmoqda.
«Keyingi kunlar «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli Milliy dispetçerlik xizmati tomonidan Samarqand magistral elektr tarmoqlari korxonasiga qaraşli 220kVli «Samarqand», «Çöponota» hamda «Kattaqörğon» podstansiyalaridan çiquvçi 110/35 kVli havo elektr uzatiş tarmoqlari öçirilmoqda. Uning natijasida viloyatning Past Darğom, Payariq, Urgut, Toyloq, Paxtaçi, Oqdaryo, Nurobod, Samarqand va Kattaqörğon tumanlari hamda Samarqand şahri Kimyogarlar qörğoni hududida elektr energiya ta'minotida uzilişlar kuzatildi. «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ ma'muriyati iste'molçilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraydi», deyiladi munosabatda.
Qayd etilişiça, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli Milliy dispetçerlik xizmati quvvat yetişmovçiligi natijasida elektr energiya ta'minotiga çeklovlar kiritmoqda.
Narpay tumanida 15 martgaça elektr ta'minotida çeklov örnatildi








