Qaysi vitaminlar juda zarur?

Vitaminlar organizmning moddalar almaşinuv jarayonida muhim rol öynaydi. Ular gormon va fermentlar qurilişida iştirok etadi.

Vitaminlarga bölgan kunlik ehtiyoj milligramm va mikrogrammlarda ölçanadi. Biroq moddaning oz miqdorda yetişmasligi ham salomatlik uçun jiddiy salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Har bir vitaminning öz vazifasi hamda ta'sir doirasi bor.

A

Bu retinoid va karotinoid moddalar guruhidir. Retinoidlar jonivorlar göştida, karotinoidlar sabzavot, meva va donlarda mavjud. A vitamini köriş tizimining normal faoliyati uçun zarur. U köz olmalari şilliq pardalaridagi moddalar almaşinuvi jarayonini tartibga soladi, yoruğlik hissini ta'minlaydi. Bundan taşqari, A vitamini immunitetni mustahkamlaydi, teri va soçlar holatini normallaştiradi.

V

Bu guruhning asosiy vitaminlari:

  • V1 yoki tiamin, yoğ kislotalari va aminokislotalar, uglevod moddalar almaşinuvini tartibga soladi. U normal rivojlaniş va ösiş, ovqat hazm qiliş, yurak faoliyati hamda asab tizimi uçun muhim.
  • V2 yoki riboflavin qonda antitanalar va eritrotsitlar hosil bölişida iştirok etadi, ösiş va reproduktiv funksiyani tartibga soladi. U qalqonsimon bez faoliyati, tirnoq, soç, teri hamda şilliq qavat uçun zarur.
  • PP u yana V3, niatsin yoki nikotin kislota deb atalib, oqsil va uglevodlar almaşinuvi, fermentlar hosil bölişi, ovqat hazm qiliş va asab tizimi faoliyatida iştirok etadi. Şuningdek, mayda tomirlarni kengaytiradi va xolesterin darajasini pasaytirişi mumkin.
  • V6 yoki adermin markaziy va periferik asab tizimi faoliyati, oqsil, yoğ, uglevodlar almaşinuvi, yoğ kislotalari va aminokislotalar özlaştirilişida muhim rol öynaydi.
  • V9 yoki foliy kislotasi V12 bilan birgalikda qon hosil böliş jarayonida iştirok etadi. Bu vitamin ösiş va qon-tomir hamda immun tizimi rivojlanişida muhim. Homilada asab nayçalari nuqsonlari rivojlanişi xavfini pasaytiradi. Şuning uçun homilador ayollarga köpinça V9 tavsiya etiladi.
  • V12 yoki sianokobalamin eritrotsitlar hosil bölişi, neyronlar rivojlanişi va DNK sintezi uçun zarur. U aminokislota va yoğlar özlaştirilişida iştirok etadi.

S