Tomoşabinlar özlariga yoqmagan videorolikka dislak tugmasini avvalgidek bosişlari mumkin böladi — tugmaning özi joyida turadi. YouTube şu yöl bilan blogerlar va boşqa video mualliflarni Internetda ta'qib qilişdan himoya qilmoqçi.
«YouTube’da dizlayklar hisoblagiçi maxfiy böladi, lekin dizlayk tugmasining özi joyida qoladi», — deyiladi platforma matbuot xizmati xabarida.
Kompaniyadagilarning fikriça, tugmaning bölmasligi ayrim videolarni ommaviy ravişda minuslab taşlaşga rağbatni yöqotadi. Yangilik endi iş boşlayotgan va «adolatsiz ravişda» hujumlarga duçor bölayotgan blogerlarni himoyalaş uçun qilinmoqda.
«Tajriba davomida ayrim tomoşabinlar “Yoqmadi” belgisining miqdori videoni köriş haqida qaror qabul qilişda yordam berişini aytişdi. Biz buni tuşunamiz. Biroq şu bilan birga hisoblagiçning berkitilişi YouTube hamjamiyatiga foyda keltiradi. Bu mualliflar yuzma-yuz keladigan asossiz salbiy fikrlarga qarşi kuraşiş yölidagi qadamlardar biri.
Biz özaro hurmat va inklyuziv muhit yaratişni maqsad qilganmiz. U yerda mualliflarda muvaffaqiyatga erişiş va özini xafv-xatarsiz namoyon qiliş imkoniyati taqdim etiladi», —deyiladi kompaniya bayonotida.
Avvalroq platforma ötkazgan tajribada ayon bölişiça, dizlayklar hisoblagiçi bölmasligi salbiy baholar sonini keskin kamaytirar ekan. Köpçilik foydalanuvçilar videoni köriş yo körmaslik masalasida dizlayklar soniga e'tibor berişiga qaramasdan, tugmani yonidagi sonlarni olib taşlaşga qaror qilingan.
Dizlayklarni berkitiş masalasi haqida YouTube şu yil mart oyidayoq xabar qilgan edi. Öşanda mualliflarning özi salbiy baholar sonini körsatiş kerak yoki yöqligi borasida qaror qabul qilişi nazarda tutilayotgan edi.












