Işni Oliy sudda köriş bir oydan oşiq tanaffusdan söng davom ettirildi. Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati tomonidan 30 sentabr kuni körilişi boşlangan jinoyat işi böyiça 11 noyabr kuni kassatsiya ajrimi çiqarildi.
Oliy sud ajrimi bilan Toşkent viloyati prokurori protesti qisman qanoatlantirilib, Toşkent viloyat sudining apellyatsiya hay'ati tomonidan 2021 yil 24 iyul kuni çiqarilgan oqlov ajrimi bekor qilindi hamda iş viloyat sudida apellyatsiya instansiyasida yangidan köriş uçun yuborildi.
Sudlov hay'ati oqlov ajrimini bekor qilişga asos sifatida viloyat sudida işni köriş çoğida ayrim protsessual talablarga rioya qilinmaganini keltirdi. Şu bilan birga, sud sobiq bojxonaçilarning ayblilik masalasiga töxtalmaganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, bundan 22 yil avval Toşkentda sodir bölgan terrorçilik aktlaridan söng jinoiy javobgarlikka tortilgan bir neça sobiq bojxonaçilar 2021 yilda oqlangan edi. Oqlov hukmiga nisbatan Toşkent viloyati prokurori protest kiritgaç, iş Oliy sudda qayta körildi.








