Şuşa şahriga kirişda joylaşgan blokpostga qilingan hujum oqibatida uç kişi jarohatlandi. Bu haqda Ozarboyjon boş prokuraturasi va içki işlar vazirligining qöşma bayonotida ma'lum qilindi.

Bayonotda aytilişiça, “13 noyabr kuni Armaniston fuqarosi Norayr Mirzoyan va boşqalar avtomobilda Şuşa şahri çegarasidagi Daşolti qişloğidagi postga yaqinlaşgan hamda Ozarboyjon va Rossiya harbiylariga qarata granata uloqtirgan”.

Hujum natijasida uç kişi, jumladan, Ozarboyjon qurolli kuçlari harbiysi turli darajada tan jarohati olgan.

Mazkur hodisa yuzasidan respublika jinoyat kodeksining bir neçta moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq Ozarboyjon OAV Şuşa şahri yaqinidagi blokpostga hujum uyuştirilgani, hujum qilgan şaxs rossiyalik harbiylar tomonidan qölga olingani haqida xabar bergandi.

2020 yil 27 sentyabr kuni Ozarboyjon hamda Armaniston örtasida Qoraboğ uçun uruş boşlanib, 9 noyabrgaça davom etgandi. Yerlarni qaytarib oliş yölida kuraşgan Ozarboyjon Şuşani qaytib olgaç, Armaniston tomoni taslim bölgan va Rossiya vositaçiligida uç tomonlama tinçlik şartnomasi tuzilgandi. Kelişuvga köra, Ozarboyjon bir qator tumanlarni rasman qaytib oldi va uruş töxtatildi. Hududdagi tinçlikni rossiyalik «tinçlikparvar kuçlar» ta'minlaşi aytilgan.