Energetika vazirligi matbuot xizmatiga köra, bugungi kunda Özbekistonda ŞESlarni quriş böyiça bir neçta loyihaga start berilgan.
Jumladan, BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati Tomdi tumanida qiymati 600 million AQŞ dollari bölgan 500 MVt quvvatli şamol elektr stansiyasini quriş böyiça kelişuvlar imzolandi. Uşbu stansiya 2024 yilda töliq foydalanişga topşirilgaç, yillik 1,8 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi işlab çiqaradi va 1 yilda 546 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Buxoro viloyati Ğijduvon va Peşku tumanlarida qiymati 1,3 milliard AQŞ dollari bölgan 1000 MVt quvvatli 2ta ŞES qurişi böyiça kelişuv imzolangan bölib, uşbu stansiyalar 2023 yilda işga tuşirilgaç, yillik 3,6 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib beriladi va yiliga 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz tejalişini ta'minlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy va Qoraözak tumanlarida qiymati 110 million AQŞ dollari bölgan 100 MVt quvvatli şamol elektr stansiyasini quriş böyiça Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan birgalikda tanlov ötkazildi. “ACWA Power” kompaniyasi 1 kVt⋅soat elektr energiyasi uçun 2,57 AQŞ senti tarif taklifi bilan tanlov ğolibi böldi. Uşbu stansiya 2023 yilda işga tuşgaç, yiliga 350 million kVt⋅soat elektr energiyasi işlab çiqaradi va bir yilda 106 million kub metr tabiiy gazni tejaydi.
Bildirilişiça, Energetika vazirligi şamol energetikasini rivojlantiriş konsepsiyasida belgilangan rejalarni muddatidan oldin bajarmoqda. 2030 yilga qadar mamlakatda ŞESlar umumiy quvvatini 5000 MVtga yetkaziş kutilmoqda. Ularning katta qismini Qoraqalpoğiston Respublikasida barpo etiş nazarda tutilmoqda.












