Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi 2021 yil noyabr oyigaça respublika yöllarida sodir bölgan yöl-transport hodisalari haqida statistik ma'lumotni e'lon qildi.
Unga köra, yilning ötgan 10 oyi mobaynida jami 7681ta YTH röy bergan. Ularda 1964 kişi hayotdan köz yumgan, 6886 kişi turli darajada tan jarohati olgan.
Hududlar kesimida qaraladigan bölsa, eng köp yöl-transport hodisalari Farğona viloyatida röy bergan – 1173ta.
Toşkent viloyatida 1023ta, Toşkent şahrida 842ta YTH röyxatga olingan. Namangan viloyatida 830ta YTH yuz bergan bölsa, Samarqand viloyatida bu raqam 825tani taşkil etmoqda.
Yöl-transport hodisalari haydovçilar yoşi kesimida tahlil qilinsa, eng köpi, ya'ni 1613tasini 23-27 yoşdagi haydovçilar tomonidan sodir etgani körinadi. Umuman, eng köp avariyalar 37 yoşgaça bölgan haydovçilar tomonidan etilgan. 7681ta YTHdan 4370tasi ayni şu yoşdagi haydovçilar hissasiga töğri keladi. 47 yoşdan katta haydovçilar esa, 10 mobaynida 1106ta YTH sodir etgan.
Şu bilan birga, YTHlardagi boşqa iştirokçilar tahlil qilinsa, bunda piyodalar yetakçi örinda – 3441ta holatda ular bevosita iştirok etgan. 1268ta hodisa bolalar iştirokida sodir bölgan.
YTHlarning aksari (2785ta) davlat ahamiyatiga molik yöllarda yuz bergan. Şahar yöllarida 1981ta, mahalliy yöllarda 1613ta va xalqaro yöllarda 1302ta röy bergan.
Qayd etilişiça, avariyalarning katta qismi, ya'ni 5187tasi sutkaning yoruğ vaqtiga töğri kelgan. Tungi vaqtlarda 2497ta YTH röy bergan. Hafta kunlarining payşanba, juma va şanba kunlarida köproq YTHlar röyxatga olingan. Raqamlarda ifodalansa, tegişli ravişda 1125-1162-1142tani taşkil etadi.

YHXBB hodisalarning kelib çiqiş sabablariga ham oydinlik kiritgan.
1782ta YTH yöl harakatini notöğri taşkil etiş yoki yöllardagi nosozliklar tufayli röy bergan. Bu jami yöl-transport hodisalarining 23,2 foizini taşkil etmoqda. 1705ta holatda piyodalar ötiş joyi bölmaganligi sababli piyodalarning belgilanmagan joydan yölni kesib ötişi (22,2 foiz) bilan boğliq. 1221 ta YTH (15,9 foiz) tezlikni me'yordan oşirib yuboriş sababli sodir bölgan.
Ma'lumotlarda köriş mumkinki, hodisalarning 7,6 foizida, ya'ni 584tasida piyodalar piyodalar ötiş joyida urib yuborilgan.













