Rossiya çegaraçilari özbekistonliklardan eski fuqarolik pasportlarini talab qilmoqda. Rossiyaga kirib borayotgan özbek fuqarolarida yaşil tusli pasporti bölmasa, qöşimça tekşiruvga jalb qilinmoqda. Şuningdek, ID-kartalari bor özbekistonliklar ham töxtatilgan. Rossiya çegaraçilari bu hukumat buyruği ekanini aytgan. Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Potrebitel.uz» sahifasida qoldirilgan postda şu haqda söz boradi.

«Yaqin orada Moskvaga borişni rejalaştirayotgan barçani ogohlantirişni istardim. Onam Şeremetevo aeroportiga uçib keldi. Moskvadagi pasport nazoratida xorijga çiqiş pasportidan taşqari ikkinçi, içki pasportni ham talab qilişgan. Kimda yaşil pasporti bölmasa, qöşimça tekşiruvga yuborilgan. Alaloqibat, onam 3,5 soat ötkazgan. Unga javob berişganida, tekşiruv punktida yana köpçilik qolgan», – deb yozgan foydalanuvçilardan biri.

Ma'lum bölişiça, ID-kartasi bor özbekistonliklar ham uşlab qolingan. ID-kartalar yaşil pasportga almaştirilgan hujjat, degan izohlarga e'tibor bermagan. Çegaraçilar bu hukumat buyruği asosida amalga oşirilayotganini aytişgan.

Foydalanuvçi Özbekistondan boruvçilarda har ikkala pasporti ham bölişi kerakligini aytmoqda.

«Navbatda tranzit reysda uçadiganlar köp bölgan, ular parvozga keçikkan. Kuzatuvçi bilan kelgan oğir xasta bemor ham bölgan. Çegaraçilar bir qizning aviaçiptasi ötiriş talonini olib, yöqotib qöyişgan. Şu bois, u talonsiz çiqarilmagan. Özingiz bilan ikki pasportni ham oling va özingizni ehtiyot qiling», deyiladi xabarda.

Kun.uz muxbiri uşbu xabar yuzasidan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi axborot xizmati bilan boğlandi.

Elçixona vakili Şeremetevo aeroportidagi holat haqiqatan ham bölganini tasdiqlar ekan, Rossiya Taşqi işlar vazirligiga voqea yuzasidan izoh sörab nota yuborilganini bildirdi.

U, şuningdek, holat yuzasidan quyidagilarni qöşimça qildi:

«Özbekistonda xorijiy mamlakatlarga çiqiş uçun yangi pasport amalga kiritilgaç, özbekistonliklar faol ravişda xalq tilidagi «qizil» pasportni ola boşladi. Ular orasida Rossiyaga kelib, deport bölganlar ham bor edi. Ular yangi pasport bilan Rossiyaga kirib kela boşlagan. Deport bölganlarning ayrimlari, hatto familiyasini xotinining familiyasiga ham özgartirib, söngra «qizil» pasport olib, Rossiyaga borişga harakat qilişgan.