Şeremetovo aeroportida 5 kun tunab, uyiga qaytgan Dostonbek Qurbonniyozovga köra, çegara hududida muhojirlarni uruşga çaqiriş tarğiboti avj olgan. Buning uçun oyiga 200 ming rubl ham va’da qilingan. Unga rozi bölmaganlar söroqqa tutilib, ortga qaytarilmoqda. 

Rossiyaning Moskva şahriga işlaş uçun borgan bir guruh özbekistonliklar çegaradan öta olmay, Şeremetovo aeroportida yeguliksiz, yordamsiz qolib ketdi. Bu haqda dastlab Migrant.uz sayti xabar qildi.

Xöş, hozirga kelib ularning ahvoli qanday? Aeroportdan uyiga qayta olmayotganlar soni qança? Nima sabab ular uşlab turilibdi? Kun.uz ayni mavzu yuzasidan Şeremetovoda 5 kun qolib, 15 avgustda Qoraqalpoğistonga qaytgan Dostonbek Qurbonniyozov bilan suhbatlaşdi.

Ta’kidlanişiça, u 10 avgust sanasida Urganç şahridan Aeroflot aviakompaniyasining reysi bilan Moskvaga uçgan. Şeremetovo aeroportiga qönganidan söng muammo pasport tekşiruviga kelganda boşlangan.

“[Pasport tekşiruvida] töxtatişdi, kameraga qaradik, muhr qöyadigan joyida savol-javob qildi. Çegaraçi qayerga ketayotganimni, Rossiyaga kelişdan maqsadim nima ekani, oldin nima iş qilganimni söradi. Keyin hozirgi işimdan ham yaxşiroq iş taklif qilişi haqida bir neça marotaba söradi. Yöq deganimdan keyin çekkaga çiqarib qöydi.

Armiyaga xizmatga borişimni söraşgandi, oyligim 200 ming rubl bölişini, oldindan ma’lum summada pul berişlarini ham aytişdi. Rozi bölmaganimdan keyin ortga qaytarib, qöşimça savol-javob uçun bir xonaga olib kirişdi. U yerda yana söroq böldi. Keyin şu bilan öşa yerdan ham boşqa joyga jönatişdi. U yerda barmoq izlarini olişga boşqa xonaga olib kirişdi. Şu bilan kutiş zaliga ötkazib yuborişdi. U yerda 5 kun qolib, Özbekistonga keldik”, – deydi Qurbonniyozov.

Suhbatdoşga köra, aeroportda qolib ketgan fuqarolarga yordam beriş uçun heç qaysi mas’ul taşkilot kelmagan. Odamlar kutiş zalining özida tunab qolgan.

“Migrant.uz portaliga qilingan murojaatdan keyin elçixonadan odam kelganini aytişdi, lekin men körganim yöq. 5 kun davomida [kutiş zalidagi] örindiqda ötirdik. U yerda uxlab qolişning iloji yöq, endi uxlaşga yotsangiz, karnaylardan “diqqat, hurmatli yölovçilar!” deb gapirişni boşlaydi, u yerda tuzukroq dam olişning imkoni yöq.