15-oktabr kuni keçqurun Moskvaning Şeremetevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida reyslarni qabul qiliş va jönatişga çeklovlar joriy etildi.
Rosaviatsiya xabariga köra, çeklovlar faqat 16-oktabr tongiga kelib olib taşlangan. Tunda bu aeroportlarda qariyb 160 ta reys qoldirilgan. «Moskva» agentligi xabariga köra, ularning aksari Vnukovo va Şeremetevo aeroportlariga töğri keladi (mos ravişda 66 va 79 tadan).
Moskva şahri meri Sergey Sobyaninning maʼlum qilişiça, bu vaqt oraliğida havo hujumidan mudofaa kuçlari Rossiya poytaxti tomon kelayotgan 94 ta dronni urib tuşirgan.
Tunda Peterburgdagi Pulkovo aeroporti ham yopildi. Bu yerda çeklovlar faqat ertalabki soat 9 ga kelib olib taşlangan. «Fontanka» naşri xabar berişiça, tunda uçişi kerak bölgan 37 ta reys keçiktirilgan yoki bekor qilingan, şuningdek, aeroport töqqizta reysni qabul qila olmagan. Leningrad oblasti gubernatori Aleksandr Drozdenkoga köra, region uzra törtta dron urib tuşirilgan.
The Atlantic naşri jurnalisti Saymon Şuster öz manbasiga tayanib, Ukrainaning Rossiyadagi aeroportlar faoliyatini falaj qilib qöyişga qaratilgan kampaniyasi «endigina boşlanayotgani» haqida yozdi. 1-sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «dronlar kutilmaganda paydo bölişi xavfini inobatga oliş»ga çaqirib, Rossiya osmoni «xavfli bölib borayotgani» haqida ogohlantirgandi.
Şusterning manbalariga köra, sönggi haftalarda Ukraina uzoq masofaga uçuvçi dronlar yordamida Rossiya aeroportlari atrofidagi havo hududidan foydalanişni qiyinlaştirişga harakat qilmoqda. Biroq, hozirça Zelenskiy ança tajovuzkor taktikani nazarda tutgan dastlabki rejani amalga oşirişni maʼqullamagan.
Kampaniyaning yanada keng kölamli varianti Rossiyaning havo mudofaa tizimlarini çetlab öta oladigan sunʼiy intellektli dronlardan foydalanişni öz içiga oladi. The Atlantic manbalaridan birining xabar berişiça, bunday dronlarni ommaviy işlab çiqariş tez orada boşlanişi kerak.
Naşrning yozişiça, dastlabki rejani sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorov faol ilgari surgandi. Iyul oyida u isteʼfoga çiqqanidan söng, rejani işlab çiqiş töxtab qolgandi.
Oktabr oyida Moskva aeroportlaridagi töxtalişlar köpaydi. «Agentstvo» hisoblaşiça, oyning dastlabki ikki haftasi mobaynida törtta aeroportdagi yopilişlar vaqti jami 101 soatni taşkil etgan, sentabrda bu körsatkiç 46 soatga teng bölgandi. 14-oktabrga ötar keçasi Moskvadagi aeroportlarning barçasi bir vaqtda yopiq bölişi böyiça rekord darajada yetti soatlik körsatkiç qayd etilgan.












