Bugun, 18 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yiğilişi bölib ötdi. Unda prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, şuningdek, viloyat hokimi örinbosarlari, viloyat, şahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari viloyat kengaşi deputatlari, Senat a'zolari, viloyat boşqarma va taşkilotlari rahbarlari qatnaşdi.
Yiğilişda taşkiliy masala körib çiqildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boşqa işga ötişi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Uning örniga Murodjon Berdialiyeviç Azimov Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Yiğiliş sönggida Zoyir Mirzayev yangi lavozimga kuzatildi (u Toşkent viloyatiga hokim böladi).

Sobiq hokimni tantanali kuzatiş marosimida viloyatning yangi hokimi Murodjon Azimov ham iştirok etdi.
«Zoyir Mirzayev va faollar viloyatning yangi rahbari Murotjon Azimovga ham omadlar tiladi», deyiladi Qaşqadaryo viloyati hokimligi xabarida.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov e'lon qilgan videodan ma'lum bölişiça, sobiq hokimga uning maslahatçisi sifatida faoliyat yuritgan Yanvar Inoyatov tön kiydirib, faoliyatiga omad tilagan.



- Zoyir Mirzayev muqaddam Samarqand viloyati hokimi bölgan, 2016 yildan qişloq va suv xöjaligi vaziri, 2018 yildan boş vazir örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil oktyabrida «Oqqörğon voqeasi» sabab işdan olinib, Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumaniga hokim etib tayinlangandi. U 2019 yilning oktyabridan buyon Qaşqadaryo viloyati hokimi sifatida işlab kelayotgandi.








