Zoyir Mirzayev Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyatida hukumat rahbarlari iştirokida ötkazilgan viloyat faollari yiğilişida ma'lum qilindi.

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boşliqlari işdan olinişi kutilayotgani xabar qilingandi. Şundan söng Özbekiston Respublikasi boş prokurorining birinçi örinbosari Erkaboy Tojiyev Qaşqadaryo viloyati prokurori etib tayinlangani töğrisida ma'lumot berildi.

Eslatib ötamiz, Zafar Röziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qaşqadaryo viloyat hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuğilgan. Ma'lumoti – oliy. 1994 yilda Toşkent moliya institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2008-2010 yillarda - Samarqand şahar hokimi. 2010 yil 17 dekabrdan 2016 yil 15 dekabrgaça Samarqand viloyati hokimi. 2016 yildan 2018 yilgaça boş vazir örinbosari - Qişloq va suv xöjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - boş vazir örinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste'mol mollari majmuasi rahbari bölib işlagan. 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.