Tadbirni SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev oçib berdi va talabalarni uşbu forum bilan tabrikladi.



"Forumdan maqsad tibbiyotning fundamental va amaliy fanlari böyiça talabalarning bilim darajasini oşiriş, nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaş, tibbiyot oliy öquv yurtlari talabalarini jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilişdir.
Mazkur forum institutimiz talabalari, Özbekiston Yoşlar ittifoqi hamda SamMI Union assotsiatsiyasining taşabbusi bilan taşkil qilinmoqda. Institutimizga respublikadagi yettita oliy ta'lim muassasasidan talabalar taşrif buyurdi. Ikki kun davom etadigan talabalar forumi öylaymanki, qiziq va samarali ötadi. Forum ilmiy hamda ta'lim yönalişlarida, şuningdek, bahs-munozara va intellektual öyinlar tarzida taşkil qilinmoqda. Talabalar bugungi imkoniyatdan foydalanib, özlari tahsil olayotgan oliy öquv yurtlarida amalga oşirilayotgan ilmiy izlanişlar, işlanmalarini keng jamoatçilik oldida taqdimot qiladi. Bir söz bilan aytganda, bu forum talaba-yoşlar öz qobiliyatini yuzaga çiqarişlari uçun foydali bir maydon bölib xizmat qiladi”, dedi SamDTI rektori Jasur Rizayev.



Forumning birinçi kunida loyiha va roliklar taqdimoti bölib ötdi. Uşbu körsatilgan loyihalar tibbiyot va tibbiy ta'lim darajasini oşirişga hissa qöşişi bilan bir qatorda kelajakda uni tarğib qiliş uçun eng yaxşi loyihaga SamDTI rektori tomonidan mukofot pullari taqdim qilindi.
















