«Kalmar öyini» - Agar filmni özbek rejissyorlari olganda unda qanday muammolar aks etardi?
|23:45 / 20.11.202151 53310 min
17 sentyabrda Netflix platformasiga joylaştirilgan Janubiy Koreyaning Squid game («Kalmar öyini») filmi 2 kunda platformaning top 10talikdagi kinosiga aylandi.
Foto: NetflixFoto: Netflix
Töqqiz qismdan iborat mini serial hozir 100 dan oşiq davlatda xitga aylangan. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinyapti, butun dunyo kino haqida gapirmoqda.
Squid game’ni tomoşa qilgan zakiy tomoşabin uni şunçaki kino emas, balki Janubiy Koreyada kuçayib borayotgan ijtimoiy notenglik, uy xöjaliklari qarzlarining oşib borişi, past daromadli kişilarning oğir ahvoli aks etgan drama ekanini tezda payqab oladi.
Bu borada koreys jamiyatini qiynayotgan önlab muammolarni qiziqarli bir filmga jamlay olgani rejissyor Xvan Don Xyokning katta muvaffaqiyati deyiş mumkin.
Filmning e'lon qilingan sönggi qismini körib tugatarkanman (aytişlariça, kino hali yakunlangani yöq), özbek jamiyati haqida öylayman. Xöş, agar özbekistonlik rejissyorlarga ham yetarli mablağ va erkin ijod imkoniyati yaratilib, deylik «Kalamuşlar öyini» nomli film oliş topşirilsa, ular jamiyatimizdagi qaysi muammoni kötarib çiqqan bölardi? Ya'ni bugun özbek rejissyorlarini jamiyatimizdagi qaysi muammolar köproq öylantiradi, qiynaydi? Ayni şu savol bilan rejissyorlarga yuzlanaman.
— Jamiyatda muammolar juda köp, bu borada özbek jamiyati öziga xos degradatsiya holatida deyiş ham mumkin. Söradingiz, aytaman. Meni köp qiynaydi, odamlarning xususiy mulki savol-söroqsiz buzib taşlanaverişi, olib qöyilaverişi? Meni köp qiynaydi, ayrim hokimlarning xalqqa qilayotgan zöravonliklari çegara bilmasligi? Meni köp qiynaydi, ayrim amaldorlar nega bunçalik noprofessional? Meni köp qiynaydi, nega umid bilan qandaydir muammo haqida gapirgan, yuqoriga arz qilgan odamlar qayerdandir topilgan, yopiştirilgan ayb bilan qamalib qolaveradi?
Oçiği, men yoşimni yaşab bölgan odamman. Ijodni töxtatib, tinç yaşaşim ham mumkin, lekin xalqning muammolarini sezib, körib turib, qanday tinç yaşaşim mumkin? Axir, vijdoni bor odam nohaqlikni körib, jim turolmaydi-ku.
Öylaşimça, prezidentning köplab ezgu işlarini joylardagi ayrim amaldorlar yo tuşunmayapti, yoki tuşunib turib, xato bajaryapti. Kinolarimda şularni aks ettirişga intilaman.
Şu örinda yana bir muammo haqida gapirib olsam. Odamlar mendan «Osmondagi bolalar 3»ni qaçon olasiz, deya köp söraydi. Olaman, menda hatto ssenariy ham tayyor. «Osmondagi bolalar 3» (film nomi «Yerdagi otalar») nomli filmda avvalgi qahramonlarning farzandlari hayoti haqida hikoya qilinadi. Men bu ssenariyni «Özbekkino» milliy agentligiga berganimga 1 yil böldi. Ammo mas'ullar har xil bahonalar bilan filmimga mablağ ajratişni paysalga solib kelyapti, hatto muhokamaga ham ötkazişmayapti. Aslida şu kinoyimda ham köp muammolar haqida söz boradi.
— Savol örinli va ayni paytda juda qiziqarli. Şu ma'noda, bugungi şaxsiy kuzatuvlarim va kinodagi faoliyatim orqali bilganim – yoşlarning hayoti, ularning muammolariga oid mavzular meni köp öylantiradi. Buning bir neçta sababi bor.
Birinçidan, hozir juda progressiv zamon. Internet olami çeksiz, oçiq va har qanday ma'lumot bilan töla. Savol tuğiladi, undagi qaysi ma'lumotlar bizning jamiyatimizga töğri keladi yoki kelmaydi?
Xulosa qilsak, yoşlarimizga töğri kelmaydigan ma'lumotlar internetda köproq. Maqsadim – yaxşi bir film orqali şu boradagi savollarga javob topiş.
Bugun biz rejissyorlar yoşlar internet orqali körayotgan va zaharlanayotgan illatlarga qarşi ğoya bera oladigan filmlar ola bilişimiz kerak.
Şuningdek, sezamanki, bugun yoşlar va yoşi kattalar dunyoqaraşi örtasidagi tafovutlar juda kattalaşib bormoqda. Menimça, bu farq bunçalik tez kattalaşib ketişi kerak emasdi. Tarixdan to şu paytgaça bu jarayonda doim me'yor bölib kelgan. Nega bu me'yorlar bugun parçalanib boryapti? Men şu me'yor va uni parçalayotgan sabablar haqida kino qilmoqçiman.
— Siz bergan savolga meni ançadan beri öylantirib yurgan aççiq bir muammo javob böladi deb öylayman. Men bu haqda hatto kino suratga olişni ham öylab qöyganman. Uning nomi – «Ona».
Biz köpda buni yoddan çiqaramiz – jamiyatning buguni va kelajagi, farzandlarimizning taqdiri, qöyingki, hamma narsa onalar, ularning dunyoqaraşi va bilimiga boğliq.
Biz özbek jamiyatida onaning örnini joyiga qöyişimiz kerak. Işoning, bugungi muammolarimiz yana ön yillardan keyin ham özgarmaydi, agarki biz qizlar, bölajak onalar tarbiyasi borasida bugungi dunyoqaraşimizni özgartirmasak.
Inglizlar aytadi: Sen özingni tarbiyala, farzanding baribir senga öxşaydi. Şu ma'noda biz hammamiz onalarimizga öxşaymiz. Bu savol hammamizni öylantiradi, xöş, bugungi yoşlarni qanday onalar tarbiya qilmoqda? Bugungi qizlarimiz ertaga qanday ona böladi?
— Fikrimça, sifatsiz ta'lim bugungi jamiyatimizning eng oğriqli muammosidir. Siz istalgan muammoni gapiring, men uning sababini ta'limdan topib beraman.
Bugun Özbekistondagi ta'lim sifati (maktab, oliy ta'lim) juda yomon bahoga loyiq. Siz aytgan nomda kino olsam, unda albatta ta'lim mavzusi va muammolari yoritiladi.
Ruslan Mirzayev Maşhur kinolari: «Snayper», «Jodugar», «Yondiradi, kuydiradi»
— Ilmsizlik. Ayni şu illat hozirgi özbek jamiyatidagi barça muammolarning doyasidir.
Bugun özbekni köp joyda tanişmasligi, xalqimizning köplab sohalarda qolganlardan ortda ekanining sababi ham ilmsizlikdir. Ilmsiz xalq maişiylikka öç böladi. Öylab köring-çi, özbek jamiyatida bugun qanday mavzudagi filmlarga talab yuqori? – Ha, maişiy mavzudagi. Aql, tafakkur talab qiladigan filmlarni bugun odamlar körmaydi, tuşunmaydi. Xöş, şunday jamiyatda rejissyorlar qanday kino olsin?
Fikrimça, xalqning ilm darajasi hukumatning iroda darajasiga boğliq jihatdir.
Şavkat Komilov Maşhur kinolari:«Zaharli tomçilar», «Farhod va Şirin», «Köz yoşim».
— Atrofimizda oğir mehnati köpda his qilinmaydigan bir soha kişilari bor, bu – YPX (yöl patrul xizmati) xodimlari.
Ijod sabab odatda uyga keç qaytaman. Tungi 1, 2, 3... Va şunda köramanki, aynan yöl patrul xizmati xodimlari har qanday vaqt va faslda ham oilasi hamda biz uçun mehnat qiladi. Şu insonlar hayoti haqida ham yaxşi bir film olsak yomon bölmaydi.
Muxlisa Azizova Maşhur kinolari: «Skorpion», «Ayol», «Meni ham eşiting».
Foto: weproject.media
— Uyda qizlarga, ayollarga qilinadigan maişiy zöravonliklar meni eng köp öylantiradigan muammo, oğriq. Qizlarning bu boradagi psixologik qiyinçiliklarini şu holatni körgan qizlargina tuşuna oladi.
Bu mavzular bizda köp vaqt tabu bölib keldi va mana endigina gapirila boşlandi.
Statistika böyiça qizlar va ayollarga böladigan zöravonliklarning eng köp foizi oilalarda röy beradi.
Qizlar oilada özi, onasi, opasi, kelinoyisiga böladigan zöravonliklarni körib katta bölarkan, u kelajakda ham şunday oila qiladi. Bu psixologiyada isbotlangan amaliyot.
Oilasida zöravonlik körmagan qizlarning kelajakda qurgan oilasi ham tinç böladi. Men ayni şu mavzuda yaxşi bir kino olişni orzu qilaman.
— Savolingizga keçroq javob yozyapman. Çunki şu savol atrofida bugun kun böyi öylandim, xayol surdim. Fikrimça, bugun özbek jamiyatini yemirayotgan, qiynayotgan eng katta muammolar bu — korrupsiya va monopoliyadir.
Bugun ayrim amaldorlar xalqning haqini, mulkini yaratguvçining, xalqning nafrati, jazosidan qörqmay yemoqda, öğirlamoqda.
Şuningdek, meni odamlar topayotgan daromadlarning yaşaş uçun kerakli mahsulotlarga yetmasligi, oşib borayotgan narxlar sabab, odamlarning işlaş soatlari ham ortayotgani, migrantlarimiz ahvoli köp öylantiradi. Men kino olsam ayni şu mavzularda olaman.
— Işsizlik muammosini bugungi özbek jamiyatining oğriqli yarasi, deb hisoblayman. Bizning boşqa köplab muammolarimiz ham ayni işsizlik orqasidan kelib çiqyapti.
Şuningdek, sönggi vaqtlarda özbek yoşlari orasida ayrim dori vositalarini kayf-u safo ilinjida iste'mol qiliş va unga qaram bölib qoliş holatlari urçimoqda. Agar hukumat bu muammoga hozir jiddiy e'tibor qilmasa, u köp ötmay yeçimi yöq, dahşatli muammoga aylanadi.
— Özbek jamiyatida yolğon, odamlarning öz manfaati yölida bir-birini uyatsizlarça aldaşi juda urçib ketgan illatdir.
Buni Özbekistonga çetdan kelgan insonlar tezda bilib olişi mumkin. Masalan, ötgan oy yaqin bir tanişim Amerikadan keldi. Uning 15 yoşli qizi bilan suhbatda eşitgan gapim meni dahşatga soldi. U aytdiki, «Özbekistonda odamlar yaxşi, lekin bir-birini juda köp aldaydi...»
Film qilsam, uning mavzusi jamiyatda urçigan yolğonlar haqida böladi.