NASA va Aydaho milliy laboratoriyasi Oyda atom elektr stansiyasi qurilişi böyiça ğoyalarni yiğişini e'lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Xabarga köra, loyihalar NASA’ga 2022 yil 19 fevralgaça yuborilişi lozim.
«Oy yuzasida işonçli va kuçli energiya tizimini yaratiş koinotning inson tomonidan özlaştirilişida muhim qadam böladi va buni amalga oşira olamiz», — deyiladi Aydaho milliy laboratoriyasi loyiha rahbari Sebastyan Korbizeroning bayonotida.
Qayd etilişiça, yadroviy reaktor Oydagi muhit şaroitidan qat'i nazar işonçli va kuçli energiya tizimi bilan ta'minlaş imkonini beradi.
Reaktor Yerda quriladi va Oyga jönatiladi.
Rejaga köra, reaktor inson iştirokisiz yonib-öçişi, qöniş moduli bortida işlay olişi va taşiş uçun qulay bölişi lozim.












