Oskar Tabares Urugvay milliy jamoasi boş murabbiyi lavozimini tark etdi. 

Jamoaning JÇ-2022 saralaşi doirasida qatorasiga 4ta bahsda mağlubiyatga uçrab, 7-öringa tuşib ketgani iste'foga sabab böldi.

«Bu qaror Tabaresning Urugvay futboli rivojiga qöşgan hissasini inkor qilmaydi. Biz ötgan 15 yil davomida erişilgan yutuqlarni olqişlaymiz va e'tirof etamiz. Bu vaqt içida Urugvay jahon futbolida yetakçilar qatoriga kirdi», — deyiladi Urugvay FA bayonotida.

74 yoşli mutaxassis jamoani 2006 yil fevraldan beri boşqarib kelayotgandi. Urugvay uning qöl ostida 2010 yilgi JÇda 4-örinni qölga kiritgan,  2011 yilgi Amerika Kubogida esa ğolib bölgan. U milliy jamoada eng köp öyin ötkazgan murabbiydir — 234 (eng yaqin ta'qibçidan 67ta bahsga oldinda).