Somali poytaxti Mogadişoda kuçli portlaş sodir böldi. Bu haqda Goobjoog News portali xabar bermoqda.

Portlaş şahar markazida, prezident saroyi yaqinida sodir bölgan.

Portal ma'lumotiga köra, portlaş oqibatida somalilik taniqli jurnalist Abdiaziz Afkira halok bölgan. U Radio Muqdisho radiostansiyasi rahbari edi.

Öz navbatida, Garowe portali bir neça kişi, jumladan, davlat telekanali rahbari jarohatlanganini yozmoqda. Xabar qilinişiça, portlovçi qurilma uning maşinasiga örnatilgan bölgan.