Jahon | 07:25 / 22.11.2021
12615
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi qurilish obektlarida migrantlar soni ikki barobar kamaydi - Sergey Sobyanin 

Moskvadagi qurilish obektlarida mehnat qilayotgan muhojirlar soni ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Foto: Global Look Press

«Biz uzoq vaqtdan beri asosiy shahar loyihalaridan migrantlarni bosqichma-bosqich chiqarish va almashtirish dasturi ustida ishlayapmiz. Chunki bizning rossiyalik mutaxassislarimiz, moskvaliklar yoki boshqa mintaqalardan kelganlar doimiy ravishda shu sohalarda ishlaydigan odamlardir. Bu boshqa malaka darajasi hamdir», dedi Sobyanin. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, pandemiya davrida migratsiya oqimining pasayishi qayd etilgan.

«Boshqa tomondan, Moskvada qurilish hajmi 2016 yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshdi. Moskvadagi qurilish obektlarida, shahar buyurtmasi doirasida, migrantlar soni ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi», dedi mer. 

Avvalroq, Sergey Sobyanin renovatsiya dasturi bo‘yicha qurilish obektlarida muhojirlar sonini kamaytirish va bu ishga boshqa mintaqalarda yashovchi rossiyaliklarni faolroq jalb qilishni boshlash haqida ko‘rsatma bergan edi. Bundan tashqari, ish haqini oshirish va mehnat qilish uchun sharoit yaratish zarurligi ta'kidlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid