Samarqand viloyati Narpay tumanida qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan poyezdni ötkaziş uçun töxtagan poyezd vagonidan kömir öğirlagan şaxslar uşlangan. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 11 noyabr kuni Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmasiga kelib tuşgan ma'lumotga köra, “Zirabuloq-Ziyovuddin” temir yöl bekatlari oraliğida yuk poyezdi töxtaganda fuqarolar kömir öğirlagan.
Holat yuzasidan olib borilgan suriştiruv işlari natijasida, joriy yil 10 noyabr kuni soat 21:21da “Zirabuloq-Ziyovuddin” temir yöl bekatlari oraliğida “Maroqand-Tinçlik” yönalişida harakatlanayotgan vagonlarda orasida kömir mahsulotlari ortilgan yuk poyezdi 3810-kilometrda qarama- qarşi yönalişda kelayotgan yuk poyezdini ötkazib yuboriş uçun töxtagan.
Şu vaqtda, Samarqand viloyati Narpay tuman, Döstlik mahallasida yaşovçi fuqarolar 1980 yilda tuğilgan E.M. va 1982 yilda tuğilgan M.Z. yarim oçiq vagondan 755 kg kömir mahsulotlarini talon-toroj qilgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda poyezddan temir şarlarni öğirlagan şaxslar uşlandi









