Samarqand viloyatining Narpay tumanida 16 yoşli yigit suvga çökiş oqibatida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Paxtaçi tuman IIBning 2025 yil 18 iyundagi xabariga köra, tumanning Istiqlol mahallasi hududidan oqib ötuvçi Narpay kanalidan 2009 yilda tuğilgan A.S.ning murdasi topilgan. Murda yigitning yaqin qarindoşlari tomonidan tanib olingan.

Narpay tuman IIBga köra, A.S. murdasi topilişidan bir neça kun oldin yaqin qarindoşlari bilan kanalning Narpay tumani Narpay mahallasi hududidan ötgan qismiga çömilişga borgan. U çömiliş jarayonida suvga oqib ketgan.

Voqea joyi tuman prokuraturasi tergovçisi tomonidan közdan keçirilib, marhumning ölim sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan Narpay tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Parkentda 3 bola, undan avval esa Paxtaçida 3 öquvçi suvga çökib halok bölgandi.