Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magdalena Andersson besh kun ichida ikkinchi marta Shvetsiya bosh vaziri etib saylandi
Andersson 24 noyabr kuni Shvetsiya tarixidagi ilk ayol bosh vazir bo‘lgan, biroq lavozimga tayinlanganidan bir necha soat o‘tgach, iste'foga chiqqandi.
Foto: TASS
Shvetsiya Sotsial-demokratik ishchi partiyasi rahbari Magdalena Andersson parlament tomonidan qirollik bosh vaziri etib tasdiqlandi. U bir haftadan kamroq vaqt ichida ikkinchi marta ushbu lavozimga saylandi.
“Parlament a'zolarining yarmidan ozrog‘i qarshi ovoz bergani uchun Magdalena Andersson bosh vazir etib saylandi”, — dedi spiker Andreas Norlen.
Andersson 24 noyabr kuni Shvetsiya tarixidagi ilk ayol bosh vazir bo‘lgandi. Biroq u yangi lavozimda uzoq turmadi: tayinlanganidan bir necha soat o‘tgach, iste'foga chiqdi.
Shvetsiya radiosining xabar berishicha, u Yashillar partiyasining hukumatdan chiqish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq holda Vazirlar Mahkamasida bo‘linish yuz bergani tufayli yetti soatdan keyin o‘z lavozimini tark etdi.
54 yoshli Andersson 2014 yilda Shvetsiya moliya vaziri bo‘lgandi. Ungacha bu lavozimda ayol kishi faoliyat olib bormagan.
Mavzuga oid
15:43 / 20.11.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida organik quyosh batareyalari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
09:10 / 15.11.2025
Stokholm markazida avtobus bekatga kelib urildi: halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor
14:08 / 29.10.2025
Shvetsiyada 13–14 yoshlilar uchun hibs markazlari joriy etiladi
11:40 / 30.09.2025