Özbekiston va Şvetsiya hukumatlari örtasida «Migratsiya va mobillik töğrisida»gi bitim hamda migratsiya va mobillik böyiça pilot dasturni amalga oşiriş yuzasidan qöşma deklaratsiya imzolandi.

Mazkur hujjatlar özbekistonliklar uçun Şvetsiyada qonuniy işlaş, öqiş va yaşaş imkoniyatlarini tartibga soluvçi davlat tomonidan kafolatlangan huquqiy mexanizm hisoblanadi.

Unga köra, tibbiyot, texnika, xizmat körsatiş va parvarişlaş sohalarida malakali mutaxassislarni Şvetsiya mehnat bozoriga tayyorlaş böyiça hamkorlik yölga qöyiladi va özbekistonlik nomzodlarni şved iş beruvçilari bilan boğlaş mexanizmlari yaratiladi.

Migratsiya iştirokçilari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qiliş böyiça qöşimça kafolatlar joriy etiladi hamda noqonuniy migratsiya, odam savdosi va hujjatlarni qalbakilaştirişga qarşi qöşma mexanizmlar kuçaytiriladi.

Viza tartiblarini soddalaştiriş va diplomatik pasport egalari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi.

Şuningdek, talabalar, doktorantlar va yoş tadqiqotçilar uçun akademik almaşinuv imkoniyatlari kengayadi.

Bundan taşqari, Xalqaro migratsiya taşkiloti iştirokida pilot dastur amalga oşirilib, Şvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari örganiladi, şved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yölga qöyiladi.