BMT Butunjahon turistik taşkiloti (UNWTO) boş kotibi Zurab Pololikaşvilining fikriça, jahon turizmi koronavirus pandemiyasigaça bölgan körsatkiçlarga 2023 yildan avval erişmaydi.

Pololikaşvilining aniqlik kiritişiça, xalqaro turizm butun dunyo böylab milliard sayohatçiga kamaygan va 30 yil avvalgi darajalargaça tuşgan. Lekin taşkilotdagilar nekbin kayfiyatga ega, çunki turizm sohasi allaqaçon tiklanişni boşlagan.

«UNWTO ekspertlar guruhi köplab keçiktirilgan talablar tufayli sayohatçilik 2022 yilning ikkinçi va uçinçi çoragidan boşlab jonlanişiga doir öta pozitiv kötarilişni prognoz qilişmoqda. Ayni paytda biz Janubiy Yevropa, Markaziy Amerika va Karib havzasi mintaqalarida biroz kötarilişga guvoh bölmoqdamiz», — dedi UNWTO boş kotibi.

Uning sözlariga köra, ekspertlarning 45 foizi jahon turizmi 2019 yil darajasiga 2024 yilda erişişiga işonadi, biroq ularning 43 foizi bu körsatkiç 2023 yildayoq qayd etilişidan umidvor.

«Sur'atlar, vaksinalarning teng taqsimlanişi va sayohatlar va soğliqni saqlaş töğrisidagi protokollar böyiça samarali hamkorlik turizm sohasi muhtoj bölgan kelişilgan harakatlarni muvofiqlaştiriş uçun katta ahamiyat kasb etadi», — deya ta'kidlagan Pololikaşvili.

Eslatib ötamiz. 2020 yil butun statistikalar tarixida jahon turizmi uçun eng yomon yil böldi. Çegarani bosib ötuvçi turistlar soni 2019 yilga nisbatan 1 milliardga kamaygan. 2019 yilda bu körsatkiç 1,5 milliard turistni taşkil etgan edi.