• Yurak-tomir kasalliklari – O‘zbekistondagi o‘limlarning eng ko‘p tarqalgan sabablari;
  • Bemorlarning faqatgina 38% o‘tkir koronar sindromi (O‘KS) kuzatilgan holatlar uchun tavsiya etilgan davolanishga rioya qiladi;
  • O‘KS dan davolanish uchun Sanofi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi preparatdan O‘zbekistondagi bemorlar ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

So‘nggi o‘n yilliklarda O‘zbekistonda yurak-tomir patologiyasidan kasallanish va o‘limlar sonining o‘sishi qayd etilgan bo‘lib, yurak-tomir kasalliklari (YuTK) esa mamlakatdagi o‘limlarning eng ko‘p uchraydigan sabablari sifatida e'tirof etilmoqda.

YuTK sababli o‘limlar sonining o‘sishi – umumjahon miqyosidagi dolzarb muammo hisoblanib, turli mamlakatlarda 35% ni tashkil qiladi. Faqatgina o‘tkir koronar sindromi, miokard infarkt va nobarqaror stenokardiya kabi klinik holatlarni birlashtiradigan yurakning ishemik kasallanishi keskinlashgan davrda AQSh va Yevropada har yili taxminan 914 ming kishi olamdan ko‘z yumadi.

Klinik tavsiyalarda belgilanganki, shu kabi keskinlashishni boshidan kechirgan bemorlar O‘KSdan keyin bir yil davomida aterotrombozning oldini oluvchi atsetilsalitsil kislotasi va qo‘shimcha preparatdan iborat ikki martalik antiagregant terapiyasi (IAT) bilan davolanishi lozim. Bunday davolanish ishemik hodisalar takrorlanishi xavfini, gospitalizatsiya va o‘limlar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Foto: Sanofi kompaniyasi

Biroq, o‘tkir koronar sindromiga chalingan yurak-tomir xavfining yuqori darajasiga ega bemorlar, xususan, keksalar, shuningdek yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi yoki qand diabeti bilan og‘rigan bemorlar aksariyat hollarda terapiyaning ikkinchi komponentisiz qoladilar, bu esa kelgusida ularning holatiga salbiy ta'sir o‘tkazadi. Undan tashqari, bemorlarning ko‘pchiligi terapiyaga moyil emas: bemorlarning faqatgina 38 foizi tavsiya etilgan davolanishga rioya qiladi. Bemorlarning aksariyati bilvosita samaralar va 12 oy davomida belgilangan preparatlarni xarid qilish imkoniyati mavjud emasligi tufayli terapiyani to‘xtatadi.

Sanofi kompaniyasi yurak-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun innovatsion dorivor preparatni taqdim etmoqda, ushbu preparat klinik qo‘llash bo‘yicha katta tajribaning mavjudligi bilan bir qatorda bemorlar uchun hamyonbop narxlarda sotiladi.

26 noyabr kuni Toshkentda tibbiyot xodimlari uyushmasi uchun preparatning rasmiy taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.