TOShKeNT/O‘ZBeKISTON – 2021 yil 10 dekabr – Toshkent shahridagi ilmiy anjuman vaqtida Sanofi Kompaniyasi yangi avlod bazal insulinini taqdim etdi, endi ushbu dori vositasidan O‘zbekiston Respublikasida qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlar ham foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Foto: Sanofi

Bazal insulin o‘n yillar davomida qandli diabetni davolashning asosiy komponenti sifatida foydalanib kelinayotganiga qaramasdan, butun dunyoda hanuzgacha mazkur kasallikni davolash bilan bog‘liq bir qator qiyinchiliklar mavjud: qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlarning taxminan yarmi davolashni orqaga surishlari tufayli terapiyaning maqsadlariga erisha olmaydilar [1-6], dori vositalarini kiritishning murakkab sxemasi, ularga nisbatan betoqatlik hamda talab etilgan natijalarga erishilmaslik esa davolanishga bo‘lgan moyillik darajasi past bo‘lishining asosiy omillari bo‘lib qolmoqda.

Foto: Sanofi

Innovatsion dori vositasining qo‘llanishi davolanishga nisbatan moyillikni oshiradi: yangi avloddagi bazal insulin kuniga bir mahal qo‘llanadi, tarkibining xavfsizligi va samaradorligi esa ilmiy jihatdan isbotlangan [7].

Foto: Sanofi

Dori vositasi bir martalik ixcham shprits-dasta ko‘rinishida ishlab chiqariladi, bu bemorlar uchun doza/miqdorni tanlashda qulaylik yaratadi.

Dori vositasi 24 soatdan ko‘proq vaqt davomida ta'sir qiladi, bu esa zarurat tug‘ilganda, dori vositasini kiritish vaqtini odatiy inʼeksiya vaqtidan 3 soat oldingi yoki 3 soat keyingi vaqt oralig‘idagi bemor uchun qulay bo‘lgan vaqtga o‘zgartirish imkonini beradi.

Foto: Sanofi

Shunday qilib, terapiyaning samaradorligi va qo‘llashning soddaroq sxemasi bemorlar orasida davolashni muddatidan avval to‘xtatishlar sonini kamaytirishga ko‘maklashadi.

 Bugungi kunda katta yoshli odamlarning o‘ndan bir qismi qandli diabet bilan kasallangan bo‘lib, bu dunyo bo‘yicha yoshi 20 dan 79 gacha bo‘lgan 537 million nafar kishini tashkil qiladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, 2019 yilda bu son 563 million kishini tashkil qilgan. 2021 yilda diabet 6,7 million kishining o‘limiga sabab bo‘ldi [8]. O‘zbekistonda qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlarning soni 2020 yilda 257 457 kishini tashkil qilib, ulardan 3263 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan iborat [9].