Twitter kompaniyasi direktorlar kengaşi Parag Agravalni kompaniya boş direktori lavozimiga tasdiqladi, deb xabar berdi Reuters.

Agraval kompaniyaning boş texnologik direktori lavozimida işlagan. U ilgari Microsoft Research va «Yahoo! Tadqiqotlar»da rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Avvalroq CNBC kompaniya asosçisi va boş direktori Jyek Dorsi lavozimini tark etişi haqida xabar qilgandi. 

Dorsi Square kompaniyasining ham asosçisi hisoblanadi. Forbes uning boyligini 11,8 milliard dollar deb baholagan.

2021 yil uçinçi çoragida Twitter 1,28 milliard dollar daromad körgan bölib, buning 1,14 milliard dollari reklamadan kelgan.

Kompaniya 2006 yilda taşkil etilgan. U dunyo böyiça 35dan ortiq ofisiga ega. 2021 yil aprel holatiga köra, kompaniyada 5500dan ortiq kişi mehnat qiladi. Ötgan yili Twitter ijtimoiy tarmoğidan kuniga 192 million kişi foydalangan.