Ma'lumotlarga köra, 30 noyabrda Aun San Su Çjiga korrupsiya böyiça yangi ayblov bildirilgan. Şu kuni unga nisbatan qözğatilgan işlardan biri böyiça hukm çiqarilişi kutilgandi, biroq u heç qanday tuşuntirişsiz 6 dekabrga qoldirilgan.
76 yoşli siyosatçiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oşkor qilmaslik qonunini buziş ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan boğlangan. Jumladan, unga vertolyotni sotib olişda davlat mablağlarini sarflab yuboriş va 600 ming dollar miqdorida hamda tilla taqinçoqlar körinişida pora oliş ayblovlari qöyilgan.
Aun San Su Çji davlat maslahatçisi sifatida mamlakatni boşqarib kelgan. U parlament saylovlari natijalarini soxtalaştiriş ayblovi bilan 1 fevraldagi davlat töntaruvi davomida harbiylar tomondan hokimiyatdan çetlatilgandi.











