Metaflower Super Mega Yacht nomli virtual kema NFT-tokenga ötkazilib, The Sandbox uçun rekord narxga — 149 efirga (650 ming dollar) sotildi.

“Haşamatli” yaxta 2ta vertolyot uçiş-qöniş maydonçasi, jakuzi va boşqa qulayliklar bilan jihozlangan.

Yaxtani sotib olgan şaxs The Fantasy Marina virtual priçallaridan foydalaniş huquqini ham qölga kiritgan.

The Sandbox virtual olam bölib, unda iştirokçilar turli öyin kontenti yoki virtual tajribalarni yaratiş, sotiş va daromad oliş imkoniga egalar. Bunda savdo obekti NFT-tokenlar hisoblanadi.