Avstriyaning sobiq kansleri, 35 yoşli Sebastyan Kurs matbuot anjumanida siyosatdan ketişga qaror qilganini ma'lum qildi. The Local naşrining xabar berişiça, u Avstriya xalq partiyasi yetakçisi lavozimini tark etadi va parlamentdan ketadi.
Kursning ta'kidlaşiça, oxirgi bir neça oy u uçun “juda oğir davr” böldi, yaqinda öğil farzandli bölgani esa unga siyosatda qolişni istamayotganini anglaşda yordam berdi.
Siyosatçi kansler lavozimidan ketişiga olib kelgan korrupsiya işi böyiça tergovga izoh berib, özining korrupsiyaga aloqadorligini rad etgan, biroq “avliyo ham, jinoyatçi ham emasligini” qöşimça qilgan.
Kurs 2017 yilda 31 yoşida eng yoş hukumat rahbariga aylangandi. U Avstriya kansleri lavozimini 2017-2019 va 2020-2021 yillar davomida egallagan. 2013 yildan 2017 yilgaça esa Avstriya taşqi işlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kurs 2019 yilda hukumatga işonçsizlik bildirilgandan keyin iste'foga çiqqan. Biroq şundan keyin ötkazilgan navbatdan taşqari saylovlarda uning partiyasi ğalaba qozonib, u yana kansler lavozimini egallagan.
2021 yil 9 oktyabrda siyosatçi öziga qarşi qözğatilgan korrupsion tergov sababli iste'foga çiqqan, biroq parlamentdagi va öz partiyasidagi faoliyatini davom ettirgan. Noyabr örtasida Kurs deputatlik daxlsizligidan mahrum etilgan.
27 noyabrda siyosatçi öğil farzandli bölganini ma'lum qilgan. Şundan keyin OAVda uning siyosatdan ketişi mumkinligi haqida gaplar tarqalgan.













