Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Nur-Sulton şahrida oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralar bölib ötadi, ularda birodar xalqlarimiz örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş yöllari körib çiqiladi.

Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, şuningdek, madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini faollaştirişning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.

Özbekiston va Qozoğiston yetakçilari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşadi va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yönalişlarini muhokama qiladi.

Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş rejalaştirilgan.

Taşrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakçi kompaniya va tadbirkorlari iştirokida biznes-forum ham ötkaziladi, deyiladi xabarda.