Rebrending çuqur marketing tahlili va bankning uzoq yillik strategiyasi asosida amalga oşirilib, kerakli brend joylaşuviga erişiş va mijozlar işonçini qozoniş uçun xizmat qiladi.

 

Foto: Agrobank

Respublikamizning yirik tijorat banklaridan biri bölgan “Agrobank” ATB 2021 yil 4 dekabr kuni öz rebrendingini e'lon qildi. Rebrending taqdimoti poytaxtimizning “Özekspomarkaz” körgazmalar majmuasida ötkazildi.

Sönggi 5 yillikda mamlakatimiz moliya-bank tizimida ulkan özgarişlar Agrobank faoliyatida ham yangi davrni boşlab berdi. Bu davrda kapitallaşuv bazasi keskin oşirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qiliş borasidagi imkoniyatlar kengaydi.

Foto: Agrobank

Respublika bank tizimini isloh qiliş Strategiyasiga asosan “Agrobank” ATB faoliyatida kiçik va örta biznesni, qişloq xöjaligidagi işlab çiqaruvçilarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, hududlarda jismoniy şaxslarga xizmat körsatiş va kiçik tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaşga yönaltiriş belgilangan.

Foto: Agrobank

Uşbu yönalişda transformatsiya jarayonlarini tizimli amalga oşiriş maqsadida Osiyo taraqqiyot banki hamda KPMG kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyilib, bankni rivojlantirişning uzoq muddatli strategiyasi işlab çiqildi.

Yangi strategiyadan kelib çiqib yetakçi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend işlab çiqildi. Unga köra, Agrobank oddiy insonlar uçun oddiy bank sifatida öz marketing kommunikatsiyasini amalga oşiradi.

Foto: Agrobank

Rebrending doirasidagi mahsulotlar Rossiya Federatsiyasining “Artemiy Lebedev studiyasi” va mahalliy dizaynerlarning özaro hamkorligi asosida işlab çiqilgan.