Myanma sobiq davlat maslahatçisi Aun San Su Çji armiya içida qarama-qarşiliklar keltirib çiqargani va koronavirus bilan boğliq çeklov qoidalarini buzgani uçun tört yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.

Mayanma harbiylari vakili Zo Min Tunning sözlariga köra, Aun San Su Çjiga har bir ayblov moddasi böyiça ikki yildan muddat berilgan.

76 yoşli siyosatçiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oşkor qilmaslik qonunini buziş ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan boğliq.

Aun San Su Çji davlat maslahatçisi sifatida mamlakatni boşqarib kelgan. U parlament saylovlari natijalarini soxtalaştiriş ayblovi bilan 1 fevraldagi davlat töntaruvi davomida harbiylar tomondan hokimiyatdan çetlatilgandi.