Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari Qirğiziston prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam soğlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar qirğiz xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.
Prezidentlar Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalariga asoslangan strategik şeriklik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotganini ta'kidlab ötgani aytiladi.
Turli darajalardagi konstruktiv muloqot va faol almaşinuvlarni davom ettiriş, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, maşinasozlik, energetika va elektrotexnika tarmoqlari, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va boşqa sohalarda muhim kooperatsiya loyihalarini birgalikda ilgari suriş muhimligi qayd etildi. Biznes va hududlar darajasida amaliy hamkorlikni kengaytiriş, madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi, deyiladi xabarda.












