Ölimvor kovid
Oxford-AstraZeneca vaksinasi yaratuvçilaridan biri bölajak pandemiyalar avvalgilariga qaraganda halokatliroq bölişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Professor Sara Gilbert mavjud vaksinalar yangi variant omikronga qarşi kamroq samaraga ega bölişi ehtimoli mavjudligi haqida ogohlantirib, odamlarni yangi variant yaxşiroq örganilguniga qadar ehtiyotkor bölişga çaqirdi.

«Bu inqiroz oxirgisi emasligi aniq. Töğrisini aytganda, keyingi virus yomonroq bölişi mumkin. U yuqumliroq, köproq ölim keltiruvçi yoki unisi ham, bunisi ham bölişi mumkin. Qölga kiritilgan bilimlarni yöqotmasligimiz kerak», deb hisoblaydi Gilbert xonim.
Omikron varianti haqida gapirib, Gilbert uning tikonli oqsilida virusning tarqaliş qobiliyatini oşiruvçi mutatsiyalar mavjudligi haqida aytdi.
Biroq uning sözlariga köra, yangi variantda boşqa özgarişlar ham bor: ular vaksinalar yoki koronavirusning boşqa variantlari bilan kasallaniş natijasida hosil bölgan antitanalar omikronga qarşi kamroq samaraga ega ekanini anglatişi mumkin.
Vaksina koronavirusning yengil varianti oldini olişda u qadar samarali bölmasa ham, u kasallik va/yoki ölimning oğir şaklidan yomonroq himoya qilişini anglatmaydi.
Professor kelajakda grippga qarşi universal vaksina işlab çiqilişini istisno etmaydi.
Joriy yil boşida qiroliça tavallud kuni munosabati bilan xonim darajasi berilgan Sara Gilbert Covid-19 ilk marta Xitoyda paydo bölganida, 2020 yil boşida koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqişni boşlagandi.
Bugungi kunda Oxford-AstraZeneca vaksinasi butun dunyoda keng qöllanadi. Uning dozalari 170dan ortiq mamlakatga yuborilgan.

Omikron immun himoyadan qoçişi mumkin
Omikron immun tizimidagi böşliqlarni topa olişini körsatuvçi ilk ma'lumotlar Janubiy Afrika olimlari tomonidan e'lon qilindi.
Olimlar koronavirus bilan bir neça marta kasallangan odamlar soni ösişini qayd etişdi.
Olimlarning işi (hali qolgan vraçlar retsenziya qilişmadi) bu – yangi variant haqidagi dastlabki va umumiy tahlil. Hisob-kitoblarga köra, yangi variant tez orada deltani siqib çiqaradi va kasallanişning asosiy manbayiga aylanadi.
Omikron dunyoning 40ga yaqin mamlakatida aniqlangan. Koronavirus bilan kasallangan kişilarning yangi variantni yuqtirib oliş ehtimoli qay darajada yuqori ekani hozirça tuşunarsiz.
Olimlar pandemiya davrida qayta kasallaniş körsatkiçi (ikki yoki undan köp)dagi özgarişlarni topiş uçun Janubiy Afrikada qayta kasallaniş bilan boğliq qariyb 36 ming holatni tahlil qilişdi.
Ular beta va delta variantlari avj olgan paytda laboratoriya tadqiqotlari uşbu variantlar immun tizimi himoyasini çetlab ötişi mumkinligini körsatganiga qaramay, qayta kasallaniş xavfi keskin ortmaganini ta'kidlaşdi.
Biroq hozir qayta yuqtiriş avj olayotgani kundek ravşan. Olimlar har bir bemorni bevosita omikron uçun testdan ötkazişmadi. Biroq qayta kasallaniş avj olayotgani aynan u tufayli. Çunki qayta yuqtiriş holatlari vaqt böyiça yangi variant paydo bölişiga töğri keldi.
Tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, omikronni qayta yuqtiriş ehtimoli avvalgi variantlarga qaraganda ikki marta köproq.
Biroq immunitetning zaiflaşuvi virusning yangi avj olişida omil hisoblanişi, bu virusning yangi varianti bilan kasallanişning ösişiga olib kelişi mumkinligi hali aniq emas.
Bundan taşqari, Janubiy Afrikada OIV bilan kasallanganlar soni yuqori. U immunitet tizimini susaytiradi, bu esa dunyoning qolgan qismi uçun natijalarni şarhlaşni qiyinlaştiradi.
Omikron antitanaga qay darajada hujum qilişini körsatuvçi laborator tadqiqotlar kelasi haftada natija berişi kutilmoqda.

«Koronavirusli ruxsatnoma»: Yevropada yangi qoidalar
Italiya emlanmagan kişilar uçun yangi qoidalarni joriy etib, koronavirusga qarşi çoralarni kuçaytirdi.
Bu yerda endilikda vaksina olganlar va yaqinda kasallikdan tuzalganlargina teatr, kinoteatr, konsert maydonçalari va yirik sport tadbirlariga borişi mumkin. Vaksina olganlikni tasdiqlovçi «yaşil kartoçka»ni endilikda mehmonxonalar va mahalliy jamoat transportida yuriş vaqtida körsatiş kerak böladi.
Yangi çoralar kamida yanvar oyi örtasigaça amal qiladi. Oktabr oyi örtasidan boşlab Italiyada kasallaniş darajasi asta-sekin ösib bormoqda. Yevropaning boşqa mamlakatlari qiş fasli yaqinlaşgani sari infeksiyalar soni ortişiga javob tariqasida ana şu kabi çoralarni köra boşladi.
Noyabrda Avstriya hukumati emlanmaganlar uçun izolyatsiya joriy etgandi.
Germaniyada mamlakatning yangi rahbariyati emlanmagan kişilarga köplab jamoat joylariga borişni taqiqlaş haqida kelişib oldi. Gretsiya esa haligaça emlanmagan, 60 yoşdan katta bölgan barça uçun 100 yevro hajmida oylik jarima haqida e'lon qildi.
«Koronavirus doim biz bilan»

Şarqiy Angliya universiteti yuqumli kasalliklar böyiça eksperti, professor Pol Hanter BBC’ga bergan intervyusida bir neça hafta davomida omikron koronavirusning Buyuk Britaniyadagi yetakçi variantga aylanişini taxmin qildi.
«Omikron delta variantga qaraganda tezroq tarqalmoqda», deydi u Janubiy Afrikada kasallaniş holatlari tez ösayotganiga işora qilib.
Hanterning hisob-kitoblariga köra, Buyuk Britaniyada omikron bilan boğliq 1000dan ortiq holatlar röyxatga olingan. Buyuk Britaniya Soğliqni saqlaş xavfsizligi agentligi rasmiy ma'lumotlariga köra, hozirça 246ta holat tasdiqlangan.
Buyuk Britaniya bugun pandemiya boşlanişiga yaqin turibdimi, degan savolga javob berar ekan, professor bu fikrga töliq qöşilmasligi, biroq virus biz bilan qolişini taxmin qilişini aytdi.
«Öylaymanki, virus abadiy mavjud böladi. Biz koronavirusning sönggi avj olişi 130 yil avval yuz bergan deb öylaymiz, bu virus hali ham sirkulyatsiya qiladi, biz uni muntazam – har uç-beş yilda yuqtiramiz, u asosan şamollaşni çaqiradi. Ehtimol, pandemiya aynan şunday rivojlanadi, şuning uçun koronavirusning yangi variantlari bilan bir neça marta kasallanamiz, biroq umuman olganda, u şamollaşning yana bir sababiga aylanadi», deydi Hanter.
U keyingi mutatsiyalar oldini oliş uçun dunyodagi har bir zaif kişi uçun vaksina olişni ta'minlaş zarur, deb hisoblaydi. Ammo hozirça bunday bölmadi, sayyora aholisining katta qismi emlanmagan.

Koronavirus bezgakdan öliş körsatkiçini oşirdi
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lum qilişiça, 2020 yilda pandemiyada profilaktika va davolaşdagi uzilişlar tufayli bezgak bilan kasallaniş va ölim holatlari köproq qayd etildi. JSST bezgakka bağişlangan har yillik ma'ruzasida 2020 yilda bezgak bilan kasallaniş holatlari bir yil avvalgi körsatkiçga qaraganda 14 millionga köp bölganini ma'lum qildi. Mazkur kasallikdan ölim holatlari ham 69 ming kişiga ortdi.
Koronavirus butun dunyodagi soğliqni saqlaş tizimiga ta'sir körsatdi. Bezgak endemik kasallik sanalgan mamlakatlarda koronavirus tufayli joriy etilgan çeklovlar çivinga qarşi törlarning yetkazib berilişi keçikişiga olib keladi. Ayrim bemorlar esa davolaş muolajalarini keçiktirişadi.
JSST hisob-kitoblariga köra, 2020 yilda bezgak tufayli yuzaga kelgan qöşimça ölim holatlarining qariyb 70 foizi pandemiya oqibatlari – profilaktika va davolaş rejimiga amal qilmaslik sabab yuzaga keldi.
JSST 2020 yilda Afrikada bezgakdan ölim holatlari ikki marta ortadi, degan xavotirda edi. Biroq köplab mamlakatlar tomonidan qabul qilingan tezkor çoralar uning oldini olişga yordam berdi.
Şunga qaramay, uzoq muddatli tendensiya xavotir uyğotmoqda: 2017 yildan beri bezgakni yöq qiliş böyiça muvaffaqiyatli natijalar töxtab qoldi, 2010 yildan beri yetti yil davomida sezilarli kamayişdan keyin kasallaniş va ölim holatlari hali ham avvalgi körsatkiçda qolyapti.
Pandemiya – kasallikni butunlay yöq qiliş yölidagi yana bir tösiq. JSST hukumatlarni bezgakka qarşi harakatlarni faollaştirişga çaqirmoqda.












