7 dekabrda AQŞ va dunyoning eng yirik aviakompaniyasi American Airlines boş direktori Dag Parker 2022 yil martida iste'foga çiqişini e'lon qildi. U kompaniyaga 2001 yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda.

Ma'lumotlarga köra, Parker kompaniya boşqaruvi raisi lavozimini, uning örnini esa kompaniya prezidenti Robert Ays egallaydi.

Parkerning ta'kidlaşiça, aviakompaniya bir neça yildan beri rahbariyatni asta-sekin almaştirişni rejalaştirib kelgan va pandemiya bölmaganda bu jarayon ertaroq ham yuz berişi mumkin edi. Uning aytişiça, aviakompaniya pandemiyadan keyin tiklana boşlandi va endi u öz vakolatlarini vorisiga bamaylixotir topşirişi mumkin.

Parker American Airlines boş direktori lavozimini 2001 yil sentyabrdagi teraktlardan bir neça kun oldingina egallagan. Biroq aviakompaniya uning boşçiligida terakt oqibatlarini ham, 2008 yilgi jahon moliya inqirozini ham yengib ötişga muvaffaq bölgan. Uning rahbarligi ostida kompaniya US Airways aviakompaniyasi bilan birlaşib, fuqarolik aviatsiyasi tarixidagi eng yirik birlaşuvlardan birini amalga oşirgan.